Tumandagi dafn etiş joylarini saqlaş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida
Amudaryo tumani hokimining Qarori
Tumandagi dafn etiş joylarini saqlaş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida
Özbekiston Respublikasining "Dafn etiş va dafn işi töğrisida”gi Qonuni, (Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari töplami, 2010 y., 52-son, 508-modda) Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi "Dafn etiş va dafn işi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini amalga oşiriş çora-tadbirlari haqida”gi 101-sonli Qarori (Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari töplami, 2011 y., 14-son, 138-modda) hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2011-yil 11-apreldagi 75-sonli qaroriga asosan tuman hududidagi dafn etiş joylarini saqlaş va obodonlaştiriş maqsadida
QAROR QILAMAN :
1. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2011-yil 11-apreldagi "Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi "Dafn etiş va dafn işi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini amalga oşiriş çora-tadbirlari haqida”gi 101-sonli Qarori töğrisida”gi 75-sonli qarori rahbarlik va ijro uçun qabul qilinsin.
2. Amudaryo tumanida "Dafn etiş joylarini saqlaş qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining birinçi örinbosari (B.Ernazarov.), "Mahalla” xayriya jamoat fondi (R.Rözmetov), tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi (Ş.Törayev), fuqarolarning özini özi boşqariş organlari bilan hamkorlikda tumandagi qabristonlarni zarur darajada saqlaş va obodonlaştiriş hamda haşarlar, xotirlaş kunlari va boşqa tadbirlarni taşkil etib borsinlar.
4. Tuman obodonlaştiriş boşqarmasi (Ş.Törayev) va qabristonlarning maʼmuriyati:
xizmatlar uçun qatʼiy belgilangan tariflar böyiça hisob-kitob qilgan holda fuqarolarning qabristonda körsatiladigan xizmatlarga doir buyurtmalarini öz vaqtida va sifatli bajarsinlar;
tumandagi qabristonlarning hududida Amudaryo tumanida "Dafn etiş joylarini saqlaş qoidalari”ga hamda boşqa qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilişini taʼminlasinlar va amalga oşirilgan işlar hamda qoidalar talablari buzilişi holatlari yuzasidan har çorakda tuman hokimligiga axborot taqdim etib borsinlar.
5. Tuman boş arxitektori (S.Muratov), tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (T.Babaniyozov) va tuman tabiatni muhofaza qiliş inspektsiyasi (M.Abdrimov)ga:
qabristonlar taşkil etiş uçun yer uçastkasi tanlaşni şaharsozlik hujjatlari, gidrogeologik tavsiflar, joy relefining xususiyatlari, tuproq tarkibi, atrof tabiiy muhitga eng köp yöl qöyiladigan ekologik yuklamalarni hisobga olgan holda aholi punktlari va hududlarni quriş qoidalariga, şuningdek sanitariya meʼyorlari va qoidalariga muvofiq amalga oşiriş;
qabristonlarning xizmat körsatiş davri muddatlariga rioya etilişini taʼminlaş hamda işlab turgan va loyihalaştirilayotgan qabristonlarning sanitariya-himoyalaş zonasi hududida biror-bir turar joy va jamoat binolarini quriş yoki dafn etiş uçun ajratilgan yer uçastkalaridan noörin foydalanilişining oldini oliş hamda ularga yöl qöymaslik yuzasidan aniq çora-tadbirlarni amalga oşiriş topşirilsin.
6. Mazkur qaror "Taraqqiyot közgusi” gazetasida eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylaştirilsin.
7. Uşbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.
8. Uşbu qaror ijrosining nazorati tuman hokimining birinçi örinbosari B.Ernazarov va tuman hokimining örinbosari M.Temirbayev zimmalariga yuklatilsin.
Tuman hokimining birinçi örinbosari: B.Ernazarov.
Manğit şahri, 2016 yil
3-fevral, 49-son.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶