BOLALARGA GʻAMXOʻRLIK – KELAJAKKA GʻAMXOʻRLIKDIR
Xalqimiz oʻzaro mehr-oqibat, doʻst-birodarlik, bagʻrikenglik kabi xislatlarni azal-azaldan juda qadrlab kelgan. Shubhasiz, bu xislatlar har birimizga ilk bor onalarimiz allasi orqali singdiriladi. Oʻz-oʻzidan ravshanki, dunyoga kelgan goʻdakning kelgusida qanday inson boʻlib voyaga yetishi koʻp jihatdan uning ilk murabbiysi – onalarga bogʻliq.
Shu boisdan-da bizning mamlakatimizda ayollarning sogʻlom fikrli, jamiyat hayotida faol boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Ularning erkaklar bilan teng huquqqa egaligi Asosiy Qonunimiz – Konstitutsiyamizda ham belgilab qoʻyilgan.
Shuningdek, munosib mehnat sharoitlarida ishlashlariga, turmushi sifatini yaxshilashga ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi bilan birga farzandlarini aqlli, odobli, ham jismonan, ham maʼnan yetuk, yurtimizga munosib farzandlar qilib kamolga yetkazishlariga gʻamxoʻrlik qilinmoqda. "Ona toʻgʻrisida, uning farzandi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish davlatimizning muqaddas burchidir”, degan edi Yurtboshimiz bu haqda.
Yaqinlashib kelayotgan yangi yilimizning muhtaram Yurtboshimiz tomonidan "Sogʻlom ona va bola yili” deya nomlanishi xalqimizning, hukumatimizning ayollarga, onalarning sogʻlom farzandlarni dunyoga keltirishlariga yana bir gʻamxoʻrligi ifodasi boʻldi, desam adashmayman. Chunki sogʻlom onalargina sogʻlom farzandlarni dunyoga keltira oladilar, farzand tarbiyasiday mashaqqatli va ezgu ishni uddalay oladilar.
Mana, necha yillarki, har bir yilga oʻziga xos nomlar berilib, shu asosda koʻzlangan maqsadlarga eʼtibor kuchaytirilib, davlat Dasturlari qabul qilinib, ijrosi taʼminlanmoqda. Shu maʼnoda yaqinlashib kelayotgan yangi yilimizning "Sogʻlom ona va bola yili” deya nomlangani meni juda sevintirdi. Shubhasiz, shu munosabat bilan qabul qilinadigan davlat Dasturi biz oʻqituvchilarning ham zimmamizga ulkan vazifalarni yuklaydi.
Sogʻlom ona va bola haqida gʻamxoʻrlik – ertangi kunimiz haqida gʻamxoʻrlik demakdir. Buningdek xayrli va sharafli ishga hissa qoʻshish har bir fuqaroning burchidir.
Sherzod MADRIMOV,
Amudaryo akademik litseyi oʻqituvchisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶