Farovon hayotimizning huquqiy asosi
Mamlakatimizda fuqarolarning emin-erkin yaşaşlari, mehnat faoliyati bilan şuğullanişlari, intellektual salohiyatlarini namoyon etişlari uçun barça şart-şaroitlar muhayyo. Bular asosiy Qonunimiz – Konstitutsiyamizda ham öz aksini topgan.
Boş Qomusimiz — Konstitutsiyamizda ota-ona, farzand huquq va burçlarining aniq-ravşan belgilangani qonunlar kitobining xalqçil ekanidan dalolat beradi. Zotan, unda milliy qadriyatlarimizning yana bir muhim böğini - "oila” tuşunçasiga ham alohida töxtalib ötilgan. 63-moddada oila jamiyatning asosiy böğini, jamiyat va davlat muhofazasida bölişi, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanişi belgilab qöyilgan. Bu bir tarafdan milliy qadriyatlarimizga çuqur hurmat ramzi bölsa, ikkinçi tomondan soğlom jamiyatni şakllantirişning şarqona usulidir. Çunki oilaga eʼtibor - jamiyatga eʼtibor demakdir. Soğlom jamiyat esa mamlakat taraqqiyotini, uning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini belgilaydi.
Ona va bola salomatligini asraş, har tomonlama soğlom avlodni voyaga yetkaziş, ularning taʼlim olişi uçun barça şaroitni yaratib beriş köp jihatdan oilalarga berilayotgan eʼtibor va ğamxörlik samarasidir. Konstitutsiyamizda oila tuşunçasiga alohida örin berilgani oilaviy qadriyatlarni asraşga ham xizmat qilayotir.
Bizning milliy mentalitetimizga xos bölgan eng muhim maʼnaviy qadriyatlardan biri hisoblangan ota - onaga hurmat, mehr-oqibat tuyğulari, farzandning ota-ona oldidagi burçi, maʼnaviy qarzdorligi Asosiy Qonunimizning 66-moddasida huquqiy jihatdan quyidagiça mustahkamlab qöyilgan: "Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar öz ota-onalari haqida ğamxörlik qilişga majburdirlar”. Heç bir davlat Konstitutsiyasida bunga öxşaş modda uçramaydi. Bu esa Asosiy Qonunimiz azaliy maʼnaviy qadriyatlarimizni ham özida mujassam qilgan Qomus ekanligini körsatadi.
Bugungi kunda yurtimizda millatlararo totuvlik, bağrikenglik asosida 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil, tinç-totuv istiqomat qilmoqda. Barça millat vakillariga öz tili, madaniyatini yuksaltiriş uçun şaroitlar yaratib berilgan. Jumladan, mamlakatimizda mavjud öquv dargohlarida önga yaqin tillarda taʼlim oliş imkoni yaratilgan. Bularning barçasining huquqiy kafili albatta, Konstitutsiyamiz hisoblanadi.
M.PRIMBETOVA,
tuman FHDYo bölimi noziri.
(Foto - http://navoiypress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶