ISTIQLOL VA MUSTAQIL ÖZBEKISTON RAMZI
Istiqlolimizning eng oliy yutuqlaridan biri – yurtimizda tarixan qisqa muddatda milliy davlatçiligimiz huquqiy poydevori yaratilgani bilan bugun har qança faxrlansak arziydi.
Özbekiston Respublikasi özining 24 yillik mustaqil taraqqiyot yölida erişgan barça natijalar, xususan, inson huquqlari va erkinliklarining taʼminlanişi, davlat boşqaruvining eng samarali mexanizmi joriy etilişi, fuqarolik jamiyati asoslarining vujudga kelişi va rivojlanişi kabi yutuqlar Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan qonunlarning izçil amalga oşirilişi natijasida qölga kiritildi. Prezidentimiz eʼtirof etganidek, «Konstitutsiyamiz öz mazmun-mohiyatiga köra xalqimiz tafakkurining mahsuli bölib, u davlatni davlat, millatni millat sifatida tanitadigan qomusnomadir». Uning barça moddalari dunyoda umumeʼtirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquq normalari va boşqa bir qator xalqaro hujjatlardagi umuminsoniy tamoyillar mazmuni bilan suğorilgan.
Konstitutsiya (lotinça "Constitution” – tuziliş, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilişini, hokimiyat va boşqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda şakllantiriliş tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va şaxsning özaro munosabatlari, şuningdek, sud tizimini belgilab beradi.
Asosiy Qonunimiz yaratilişining murakkab va muhim, ayni çoğda şarafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, heç şubhasiz, Özbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yöldagi izlanişlari natijasi ekaniga komil işonç hosil qilamiz.
Milliy davlatçiligimizning eng muhim qadriyatlarini belgilab beradigan Asosiy Qonunimiz – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilişining asosiy huquqiy tamoyillari özining aniq ifodasini topgan bölib, ular orasida davlat hokimiyatining qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud tarmoqlariga bölinişi hal qiluvçi qoida sifatida muhrlab qöyilgan.
Ana şunday mustahkam huquqiy poydevor asosida mamalakatimizda tub islohotlar amalga oşirildi, davlat va xöjalik boşqaruvining tarkibiy tuzilişi modernizatsiya qilindi va yangilandi, joylarda hokimlik instituti joriy etilib, mahalliy hokimiyat organlari qayta taşkil qilindi, fuqarolarning özini-özini boşqariş organlari tizimi – mahalla instituti rivojlandi va mustahkamlandi.
Diyorimizda ijtimoiy jihatdan yönaltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslari yaratilib, yangiça iqtisodiy munosabatlar mexanizmlari joriy etildi, tegişli infratuzilma institutlari taşkil etildi. Bugungi talabga javob beradigan mutlaqo yangi moliya va ikki bosqiçli zamonaviy bank tizimlari şakllantirilib, iqtisodiyotimizning barça soha tarmoqlarida çuqur islohotlar amalga oşirildi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda mulkiy munosabatlar sohasida ham tub özgarişlar röy berdi. Mamlakatimizda köp ukladli iqtisodiyot şakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlaniş imkoniyatiga ega böldi. Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizda nafaqat hal qiluvçi örinni egalladi, balki bozorlarimizni zarur tovar, xizmatlar bilan töldiriş, odamlarning daromadi va farovonligini yuksaltirişning asosiy manbai, aholi bandligini taʼminlaşning eng muhim omiliga aylandi.
Biz erişgan marralarning eng muhimi – eski tizimdan butunlay voz keçib, mamlakatimizni isloh etiş va demokratlaştiriş yölidan dadil borayotganimiz va bu jarayonning heç qaçon ortga qaytmaydigan qatʼiy va izçil tus olganini bugungi kunda har bir özbekistonlik çuqur anglab va butun ong-u şuuri bilan his etib yaşamoqda.
Demokratlaştiriş va liberallaştiriş, biz uçun printsipial jihatdan mutlaqo yangi bölgan davlatni şakllantiriş, albatta, bu bir-ikki yilda hal etiladigan vazifa emas, balki muayyan muddat bilan çegaralanib qolmaydigan uzoq va uzluksiz jarayondir.
Bugungi kunda Konstitutsiyamiz haqida söz yuritar ekanmiz, muhtaram Prezidentimiz uqtirganlaridek, eng dolzarb, kerak bölsa, eng buyuk vazifamiz – Oliy Qomusimiz belgilab, muhrlab bergan asosiy printsip va tamoyillarni hayotga töliq tatbiq etişdan iborat.
Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvçi hujjat, farzandlarimiz yölini yoritib turguvçi mayoqdir.
Şunday ekan, jamiyatimiz hayotining mezoni bölgan Konstitutsiyani çuqur va har tamonlama örganişimiz, uning maʼnosiga yetib borişimiz, amaliy hayotimizning doimiy qöllanmasiga aylantirişimiz darkor.
Muxtasar aytganda, Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda bosqiçma-bosqiç va izçil amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlarni jadal va barqaror rivojlantiriş hamda kelajakda davlatimizni ravnaq toptirişni kafolatlaydi.
S.Xudaybergenov,
D.Tangirov,
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶