Xalq deputatlari tuman Kengaşining 11-sessiyasi töğrisida AXBOROT
2015-yil 16-noyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengaşining ön birinçi sessiyasi bölib ötdi. Sessiyaga xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi Reglamentining 16-moddasiga muvofiq tuman hokimi topşiriğiga binoan deputat R.Örozboyev raislik qildi.
Sessiyada Kengaşi deputatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga tumandan saylangan deputatlar, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari va bölimlar rahbarlari, jamoat taşkilotlari, tuman Kengaşi huzuridagi "Jamoatçilik nazorati Kengaşi” aʼzolari, tijorat banklari, tuman fermerlari Kengaşi, qişloq va suv xöjaligi, yer resurslari va davlat kadastri bölimlari, ovullar va ular tarkibidagi mahalla fuqarolar yiğinlari, muqobil maşina traktor parklari, qişloq xöjaligiga xizmat körsatuvçi taşkilotlar rahbarlari, tanlovda qatnaşiş uçun hujjat topşirgan ayrim fermer xöjaliklari rahbarlari va fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok qildi.
Sessiya kotibligiga 18-"Xitoy” saylov okrugidan deputat G.Babajanov saylandi.
Sessiya kun tartibiga "Qoraqalpoğiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzod tavsiya qiliş töğrisida”gi va "Amudaryo tumanida fermer xöjaliklari tasarrufidagi yer maydonlari uçastkalari hajmlarini maqbullaştiriş va yangidan fermer xöjaliklarini taşkil etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida”gi masalalar havola qilindi.
Deputatlar "Qoraqalpoğiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi töğrisida”gi Qoraqalpoğiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga asosan Markaziy saylov komissiyasining aʼzoligiga Tuyamöyin-Nukus mintaqalararo suv quvuridan foydalaniş boşqarmasi Manğit şahar suv tarmoqlari korxonasi boşliği Karimov Ikrom Erkinoviçning nomzodi tavsiya qildilar.
Kun tartibidagi ikkinçi masala böyiça tuman qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, "Jamoatçilik nazorati Kengaşi” aʼzosi, Amudaryo tumanida fermer xöjaliklari tasarrufidagi yer maydonlari uçastkalari hajmlarini maqbullaştiriş böyiça işçi guruhi rahbari örinbosari Anvar Yuldaşev axborot berdi.
Axborotda "Qişloq xöjaligida iqtisodiy islohotlarni çuqurlaştiriş böyiça Respublika komissiyasining 2015-yil 21 oktyabrdagi "Fermer xöjaliklarining yer uçastkalaridan samarali foydalaniş, qişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqarişni yanada köpaytiriş, fermerlarning moliyaviy holatini yanada yaxşilaş maqsadida ularning yer uçastka hajmlarini maqbullaştiriş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 01-03-13-12-sonli yiğiliş bayoni topşiriqlarining ijrosi böyiça atrofliça maʼlumot berildi.
Muzokaralardan keyin deputatlar tuman hokimligi yer zahira fondi hisobidagi yer uçastkalarida fermer xöjaliklari taşkil qiliş uçun tanlov komissiyasiga hujjat topşirgan talabgorlar bilan savol-javob qilib, ularning tanlovda iştirok etişlariga ruxsat berdilar.
Kun tartibidagi masalalar böyiça tuman Kengaşining tegişli qarori qabul qilindi va şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶