XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAŞNING SESSIYaLARI ÖTKAZILDI
2015-yil 1, 2 va 3-noyabr kunlari xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdagi 8-, 9- va 10-sessiyalari bölib ötdi.
Sessiyalarga xalq deputatlari tuman Kengaşi Reglamentining 16-moddasiga muvofiq tuman hokimi topşiriğiga asosan 24-"Oq oltin” saylov okrugidan deputat R.Urazbayev raislik qildi.
Sessiyalarda tuman Kengaşi deputatlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari va bölimlar rahbarlari, jamoat taşkilotlari, tuman Kengaşi huzuridagi "Jamoatçilik nazorati Kengaşi” aʼzolari, tijorat banklari rahbarlari, tuman fermerlari Kengaşi, qişloq va suv xöjaligi, yer resurslari va davlat kadastri bölimlari, muqobil maşina traktor parklari, qişloq xöjaligiga xizmat körsatuvçi taşkilotlar rahbarlari, fermer xöjaliklari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Sessiyalar kun tartibida "Qişloq xöjaligida iqtisodiy islohotlarni çuqurlaştiriş böyiça Respublika komissiyasining 2015-yil 21-oktyabrdagi "Fermer xöjaliklarining yer uçastkalaridan samarali foydalaniş, qişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqarişni yanada köpaytiriş, fermerlarning moliyaviy holatini yanada yaxşilaş maqsadida ularning yer uçastka hajmlarini maqbullaştiriş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 01-03-13-12-sonli yiğiliş bayoni topşiriqlarining tuman hokimi, tuman prokurori va tuman içki işlar bölimi boşliği hududlarida ijrosi töğrisida”gi va "Tumandagi fermer xöjaliklarining taʼminotçi va xizmat körsatuvçi korxonalar oldidagi kreditorlik qarzlarini töliq xatlovdan ötkaziş va qisqartiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida”gi masalalar körib çiqildi.
Kun tartibidagi masalalar böyiça tuman qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, "Jamaotçilik nazorati” Kengaşi aʼzosi, Amudaryo tumanida fermer xöjaliklari tasarrufidagi yer maydonlari uçastkalari hajmlarini maqbullaştiriş böyiça işçi guruhi rahbari örinbosari A.Yuldaşev va tuman iqtisodiyot bölimi boşliği A.Yusupovlar axborot berdi.
Deputatlar paxtaçilik va ğallaçilikka, çorvaçilik va boğdorçilikka ixtisoslaşgan, yer uçastkalaridan, suv va boşqa moddiy-texnika resurslaridan samarali va maqsadli foydalanmagan, kontraktatsiya şartnomalarini bajarmagan, qarzdorligi oşib ketgan fermer xöjaliklari bilan yer ijara şartnomalarini bekor qiliş böyiça takliflarni maʼqulladilar.
Şuningdek, maxsus işçi guruhga fermer xöjaliklarining yer maydonlari uçastkalari hajmlarini maqbullaştirişda, talabgorlarni tanlab olişda xolislik, oşkoralik va oçiqlik tamoyillariga qatʼiy rioya qiliş vazifasi yuklatildi.
Sessiyada fermer xöjaliklarining debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytiriş hamda tölov intizomini mustahkamlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar böyiça ham axborot berildi.
Muzokaralarda 14-Paxtakor saylov okrugidan deputat, tuman Fermerlar Kengaşi raisi, "Jamoatçilik nazorati” Kengaşi aʼzosi O.Kurbaniyozov, 4-Döstlik saylov okrugidan deputat, tuman Kengaşi doimiy komissiyasi raisi M.Kazakov, 12-Arna böyi saylov okrugidan deputat, tuman Kengaşining Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya böyiça doimiy komissiyasi raisi T.Boboniyozov va boşqalar iştirok etdilar.
Kun tartibidagi masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶