ENG AZIZ, ENG ULUĞ KUN ŞUKUHI
Mustaqillik. Xalqimiz yuarigadan çuqur joy olgan bu uluğ kalomni tilga oliş keçagina ham gunoh, ham xato, ham... "jinoyat” sari yetaklovçi yöl edi. Bu sözni dilidan tiliga çiqarganlarning umrlari zabun böldi. Mustaqillik tonglari sari intilganlarning qanotlari qirqildi, qadamlariga öt tutaşdi. Millatga erk, ozodlik, mustaqillik tilagan dil borki, qatağon siyosatining qurbonlariga aylandilar. Bugun esa...
Bugun – bu kalom millat hayotining gultojiga aylandi: davralarning şukuhi, suhbatlarning zavqi, kuy-qöşiqlarning dillarni yayratib yuborguvçi ohanglarida Mustaqillik şukronasi! Bu şukronalik tuyğusi xalq hayotining har bir lahzasini, har bir kunini özgartirib yubordi.
24-yil – tarix uçun kiprik qoqgulik fursat. Lekin mamlakatimiz xalqi uçun erk, ozodlik nasimlari, buyuk evrilişlar, yangilanişlar, özgarişlar mezonlaridan turib baho berilsa, yuksak taraqqiyot yillari böldi!
Ona Vatanimizning bir parçasi bölgan tumanimiz mehnatkaşlarining Istiqlol şodiyonalarida namoyiş etilgan, 24-yil içida erişilgan mislsiz yutuqlar aks etib turgan körgazma bilan tanişgan har qanday odam xalqimiz, farzandlarimiz uçun Mustaqillik bergan buyuk imkoniyatlardan yuksak taraqqiyot bosqiçiga kirgan Özbekiston davlatiga havas qilmasligi aslo mumkin emas!
Karnay-surnay
sadolari bilan boşlangan 29-avgust kungi tumanimiz xalqining Istiqlol
şodiyonalari har bir qalbda eng uluğ, eng aziz kunga şukronalik tuyğusini
uyğotdi. Tumanimizdagi 47 ta fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari, fermer
xöjaliklari hamda tadbirkorlar tomonidan tayyorlangan körgazmaga taşrif buyurgan bayram iştirokçilari va el-yurt eʼzozidagi
mehnat faxriylari tumanimiz xalqi örtasidagi millatlararo totuvlik, maʼnaviy
merosimizga, bobomeros qadriyatlarga beqiyos hurmat va eʼtibordan mamnun
böldilar.

Körgazmadan joy olgan badiiy hunarmandlik sanʼatining ajoyib namunalari bölgan turkman gilamlari, özbek, qozoq, rus, tatar, qoraqalpoq kabi köp millatli xalqimiz urf-odatlari, milliy liboslari namoyişi bu şunçaki bayram tadbirininggina emas, balki turli millat vakillarining özaro ahil-inoqligi, totuvligining amaliy ifodasi edi. Uşbu körgazmaga taşrif buyurgan keksa-yu yoş tumanimizda yaşab, mehnat qilayotgan turli millat vakillari tomonidan tayyorlangan noz-neʼmatlardan tatib körib, bunday dorilomon, tökin-soçin, fayz-u tarovatli damlarga şukronalar aytdilar.

Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikasi davlat madhiyalari yangrab, tuman madaniyat va sport işlari bölimi tomonidan tayyorlangan teatrlaştirilgan bayram tantanalari boşlandi.
Tuman hokimi
R.Yöldoşevning tumanimiz ahliga yöllagan bayram tabrigini tuman hokimining
birinçi örinbosari B.Yernazarov öqib eşittirdi.

Şundan söng katta şodiyonalar
bilan davom etgan bayram tantanalarida
buyuk tarixiy siymolar – Amir Temur Körogon, Tömaris, Mir Alişer Navoiy, Berdaq
bobolarimizning daʼvatkor ruhdagi sözlari bayram iştirokçilarini tölqinlantirib
yubordi.

Maktabgaça taʼlim muassasalari tarbiyalanuvçilari, umumtaʼlim maktablari, akademik litsey hamda kollejlarning öquvçilari, ovul va mahalallardagi madaniyat va aholi dam oliş maskanlarining badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturlari barçaga xuş kayfiyat bağişladi.

Istiqlol şodiyonalari – eng aziz, eng uluğ kun şukuhi har bir qalbda xalqimiz hayotiga kirib kelayotgan yangilik va özgarişlardan mamnunlik hissini uyğotdi, bayramona tabrik va tilaklarda farovonlikka, tinçlik va osoyiştalikka şukronalik tuyğulari aks etib turdi.

Milliy öyinlar, urf-odatlar va anʼanalar, maʼnaviy qadriyatlarni öz ruhiga singdirgan Istiqlol şodiyonalari tumanimiz xalqi hayotida yana bir nurli kun sifatida muhrlanib qoldi.
Bayram tadbirida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi B.Yangiboyev iştirok etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶