Nurli manzillarga intilgan yigit
Gödakning dunyoga kelişi, ilk qadami, ilk sözi yaqinlari uçun qançalik quvonarli bölsa, hayoti davomidagi intilişlari, ezgu işlarga qöygan ilk qadami, ilk muvaffaqiyatlari ham şunçalik qimmatlidir.
Manğit şahrining "Çordara” mahallasida istiqomat qiluvçi xalq taʼlimi faxriysi Gulçehra opa Saidova va Fayzulla aka Davlatovlar ikki nafar öğil farzandlarini mömin-qobil, mehnatsevar, ilmga, yangilikka intiluvçan qilib tarbiyalaşga harakat qilişdi. Ezgu umidlari esa izsiz ketmadi. Ayniqsa kiçkinasi, joriy yilda Manğit Iqtisodiyot kollejini soliq va soliqqa tortiş yönalişi böyiça imtiyozli diplom bilan tugatgan Abrorning erişayotgan yutuqlari ularni çeksiz quvonçga belamoqda.
Abror mamlakatimizda yoşlarning ilm olişi, öz intellektual salohiyatini namoyon etişi uçun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanişga harakat qiluvçi yoşlarning biri. U 36-sonli maktabda ham barça fanlardan aʼlo baholarga öqidi. Fan olimpiadalarida tuman ğolibi böldi. Böş vaqtlarida dars maşğulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlaş uçun tinmay öqidi, 1-Bolalar va ösmirlar sport maktabining boks tögaragining faol aʼzosi böldi.
Boks bilan şuğullanganligi uning ilm olişi yölidagi intilişlariga keng yöl oçdi. Boisi, sport ösmirlarni maʼnan va jismonan çiniqtiradi, maşqlar davomidagi tinimsiz harakatlar irodasini mustahkamlab, heç bir muvaffaqiyat öz-özidan kelmasligini anglatib, olğa intiliş könikmasini şakllantiradi.
Bularni Abror Davlatov öquvçilik davrida ilk bora sport maktabi, tuman miqyosida ötkazilgan musobaqalarda öz vazn toifasida ğolib bölgan damlarida çuqur anglab yetdi. Şuning uçunmi, kollejda öqiş jarayonida ham boks bilan şuğulanişni, çiniqişga intilişni kanda qilmadi. U taʼlim olgan soliq va soliqqa tortiş guruhi rahbari Zulfiya Xidirboyeva guruhdagi barça öquvçilarga ham eʼtiborli bölsa-da, alohida qobiliyati yaqqol sezilib turgan Abror bilan jiddiy şuğullandi. Nafaqat ilm olişda, balki jamoat işlarida ham faol, intiluvçan, guruhdoşlari, kollejning barça öquvçilari bilan döst, hamfikr bölgan yigit 2-bosqiçdan boşlab kollejning "Kamolot” boşlanğiç taşkiloti yetakçisi böldi.
- Mustaqillik yillarida yoşlarning komil insonlar bölib voyaga yetişlari uçun mamlakatimizda yaratilayotgan şaroitlar, imkoniyatlar özining quvonarli natijalarini berayotir. Men rahbarlik qilgan guruhni 30 nafar yoşlar bitirib çiqqan bölsa, şularning deyarli barçasi öz sohasini mukammal egallaşdi. Abror va yana bir öquvçimiz uç yil davomida barça fanlardan aʼlo baholarga öqib, kollejni imtiyozli diplom bilan tugatişdi, - deydi Zulfiya Xidirboyeva faxr bilan.
Ha, intilişda hikmat köp. Buni Abror özining kollejda öqişi jarayonida juda çuqur his etdi. U 2014-yilda "Yurt kelajagi” körik tanlovining "Tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça loyihalar” yönalişida qatnaşib, tuman bosqiçi ğolibi, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida esa uçinçi örinni egallab, yakunlovçi – mamlakat bosqiçida qatnaşişga muvaffaq böldi va diplom, maxsus sertifikat olişga erişdi. Xuddi şu yil örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi öquvçilari örtasida tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida ötkazilgan "Mening biznes ğoyam” tanlovining tuman bosqiçi ğolibi bölib, Qoraqalpoğiston bosqiçida ham maxsus sertifikatni qölga kiritdi.
Şuningdek, 2015-yil 12-fevral kuni Nukus şahrida Toşkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti tomonidan ötkazilgan "Eng yaxşi biznes ğoya” körik-tanlovining maxsus sertifikatini ham yengib olişga muvaffaq böldi.
Abror Davlatov barça muvaffaqiyatlari sirini öqib-örganişda, olğa intilişda, deb hisoblaydi va ilm olişni davom ettirişni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Şu niyatda joriy yilda Nukus Davlat Universitetining huquqşunoslik fakultetiga hujjat topşirdi. Niyati esa yurt koriga yaraydigan farzand böliş.
Yurt koriga yaraş! Hunari, ilmi, halol mehnati bilan ana şunday uluğ xizmatga bel boğlagan olovqalb yoşlar bilan suhbatlaşişdan odamning köngli toğday kötariladi. Boisi – ular ertangi kunimiz, Vatanimizning kelajagi.
- Men köpgina xorijiy davlat-lardagi yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan qiziqdim. Öqib körib angladimki, heç qaysi yurtda bizning mamlakatimizdagiçalik yoşlarga ğamxörlik yöq. Töğri, ularning ilmda, izlanişda iqtidorli yoşlari bor. Biroq, ular davlatining emas, ota-onasining mablaği evaziga öqib-örganib, kamolga kelişadi. Yurtimizdagi tengdoşlarim, barça yoşlar davlatimizning ğamxörligini qadrlaşini, unumli foydalanişini tilar edim, - deydi Abror kuyunçaklik bilan.
Abror Davlatov bilan suhbatlaşgan kişi uning öz kelajagi sari dadil qadamlar qöyayotganligini yaqqol anglaydi, beixtiyor qaniydi, hamma yoşlarimiz ham unga öxşasa, deya havas qiladi, Abrorning öz kelajagi sari qöyayotgan dadil qadamlari uni nurli manzillarga yetkazişiga işonadi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶