Muddatli harbiy xizmatni tugatgan yigitlar tantanali kutib olindi
Harbiy xizmat – yoş yigitlarning irodasini toblaydigan, masʼuliyat va intizomini oşiradigan, ularni mardlik va jasorat sinovidan ötkazadigan hayot maktabidir. Harbiy libos kiyib, Vatan himoyasiga bel boğlaş – faqat burç emas, balki yuksak şaraf hamdir. Vatan sarhadlarida harbiy xizmatni ötagan yigitlar nafaqat yurt himoyaçilari sifatida tarbiya topadi, balki mustahkam iroda, qatʼiyat va sadoqat tamoyillarini öz hayot tarziga aylantiradi.
Şu maʼnoda, Prezidentimizning 2025-yil 29-yanvarda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi çaqiruvi hamda xizmat muddatini ötab bölgan harbiy xizmatçilarni Qurolli Kuçlar rezerviga böşatiş töğrisida”gi Qarori bilan yurtimiz böylab bir qator tadbirlar taşkil etilmoqda. Yaqinda Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi binosida ham harbiy xizmatni şaraf bilan ado etib qaytgan yigitlarni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği, mayor Şuhrat Mamatov hamda masʼullar iştirok etişdi. Şuhrat Mamatov xizmatni şaraf bilan tugatgan yigitlarni samimiy tabriklab, harbiy xizmat orqali orttirilgan bilim va tajriba ularning kelajagiga mustahkam poydevor bölişini taʼkidladi.
Yigitlar öz sözlarida muddatli harbiy xizmat davomida örgangan bilimlari, hayotiy tajribalari, harbiy intizom va jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati haqida gapirib, ular uçun yaratilgan şaroitlar uçun minnatdorlik bildirişdi.
Harbiy xizmatni ötab qaytgan yigitlarning ota-onalari ham tadbirda iştirok etib, öz farzandlari bilan faxrlanişlarini, ular qatʼiyatli, vatanparvar, irodali va tartibli yoşlar sifatida uylariga qaytganidan mamnun ekanliklarini taʼkidlab, davlat tomonidan harbiy xizmatçilar uçun yaratilgan şaroitlar uçun minnatdorçilik bildirişdi.
Prezident qaroriga muvofiq 2025-yil mart-aprel oylarida Özbekiston Respublikasining çaqiruv yoşidagi fuqarolari navbatdagi muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi. Harbiy xizmatga yaroqli, şu jumladan, çeklovlar bilan yaroqli bölgan, biroq uşbu çaqiruv davrida Qurolli Kuçlar safiga çaqirilmaydigan yoşlar esa safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari belgilangan tartibda harbiy xizmatga çaqirilgan yigitlarning öz vaqtida hozir bölişlarini taʼminlaş hamda ularni tantanali kuzatiş va xizmatni ötab qaytganlarni munosib kutib oliş tadbirlarini yuqori saviyada taşkil etişga masʼul hisoblanadi.
Harbiy xizmat – jasur va sadoqatli yigitlarni tarbiyalaydigan oliy maktabdir. Vatan himoyasi – muqaddas burç. Bu burçni şaraf bilan ado etayotgan barça harbiy xizmatçilarimizga çuqur minnatdorçilik bildiramiz!
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶