14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 18:47
Jamiyat 👁 2,402

OZOD VA OBOD, FAROVON YuRTDA YaShASh BAXTI

OZOD VA OBOD, FAROVON YuRTDA YaShASh BAXTI

Yilining toʻrt fasli ham quyoshli, oʻziga xos fayz-u tarovatli, betimsol ona yurtimizda istiqlol quyoshi porlay boshlaganiga, xalqimizning oʻz yurtiga, oʻzligiga oʻzi bek boʻlganiga yigirma toʻrt yil toʻlishiga sanoqli kunlar qolayapti.

Mustaqillik bayrami koʻngillarimizga olam jahon quvonch, oʻtgan tarixan qisqa  davrda erishilgan bunyodkorliklar, farovonliklardan faxr-iftixor tuygʻularini baxsh etish barobarida, "avval kim edig-u, bugun kim boʻldik?” degan haqqoniy savolga oʻz qalbimizdan javob topishga va bugungi dorilomon kunlarimizning qadrini chuqurroq anglashga undaydi.

"Toʻlqin” ovulida yoshi sakson beshlardan oshib ketgan faxriy oʻqituvchi Xolboy bobo degan odamoxun, oddiy soʻzlarining ham bari hazil, bari oʻgitsifat bir inson yashaydi. Otaxon doim "Bugungiday insonning qadri yuksalgan davr ilgari boʻlgan emas. Bir sotix yerdagi paxtani suvga oldirib qoʻygani uchun qamalgan odamlarni koʻrganman, rahbarlarga bir ogʻiz gap qaytargani uchun koʻchirib yuborilgan oilalarni, oʻz tomorqa yerida biroz ishlab paxta otizga sal kechikib borgani uchun kaltaklangan odamlarni bilaman. Hatto hayotdan koʻz yumgan ota-bobolarimizni ziyorat qilish, mayyitga janoza oʻqish taʼqiqlangan davrlarning ham guvohiman. Bugungi kunimizning qadriga yetmoq, el-yurtga xizmat qilmoq kerak, bolalarim”, - deya har kuni taʼkidlashdan charchamaydi. Otaxonning har bir gurungi zamirida chuqur maʼno mujassam.

Darhaqiqat, istiqloldan avvalgi davrlar haqida mulohaza yuritish – har birimizga bugungi kunimizning qadrini teranroq anglashga yordam beradi, oʻtgan kunlarimizni xayol koʻzgusidan oʻtkazishga undaydi.

Bolalik paytlarimda ovulimizda Qurbonboy usta nomi bilan mashhur juda kamtar, shirinsoʻz bir kishi boʻlardi. Oʻsha odam erta-yu kech dalada ishlasa-da tushlik vaqtida va kechalari ovul odamlarining uylarini suvoq qilib berar, pech qurar, yangi hovli-joy uchun paxsa koʻtarayotganlarning paxsasining taroshini olib berardi. U paytlarda hovli paxsalari hashar yoʻli bilan qurilar, usta kam, shuning uchun Qurbonboy ustaning ham talabgori koʻp boʻlardi. Bu ishlari uchun ustaga kim koʻylak, kim imkoni boricha guruch yo boshqa borini beraverar, usta ham mehnatiga boshqa haq soʻramay, elning duosini olib yuraverardi.

U kishi, adashmasam, 70-yillarning oʻrtalarida oilasi bilan Mangʻit shahriga koʻchib kelib oʻrnashib, yashab qoldi. Oʻsha odamning biz bilan oʻynaydigan ikki nafar qizini ovul qizlari doim sogʻinib yurardik. Nega ketib qolgani bizga qorongʻu edi. Keyinchalik onamdan surishtirib bilsam, Qurbonboy usta bir muhtojning ishini ishlab beraman, deb bir-ikki kun dala ishidan qolgan ekan. Kolxozda ishlamasang, kolxozda yashamaysan ham, degan rahbarlarning dagʻdagʻasidan dili ogʻrib, koʻchib ketgan ekan. Onam raxmatlik doim u kishini odamlarga shunchalar mehrli, kamtar, xizmati beminnat odam edi, olomonning oldida, majlisda rahbarlarning behurmat qilib baqirganiga xafa boʻlib ketdi-yu, ovulga hech qaytib kelmadi, deya eslardi.

Shularni xayolimdan oʻtkazar ekanman, milliy davlatchiligimizni, insoniy qadr-qimmatimizni tiklash, urf-odat va anʼanalarimizni, tilimizni, dinimizni, butun dunyo ilm-faniga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulugʻlash borasida va ilm olish, ishlash, har bir odamning intellektual salohiyatini  namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib bergan istiqlolimizning qadri juda-juda beqiyos ekanligini yanada chuqur anglaganday boʻldim. Shunday kunlarga yetkazganiga shukronalar aytaman. Axir ozod va obod, farovon yurt fuqarosi boʻlish eng ulkan baxt.

 

Mehribon RAJABOVA, 32-sonli maktab

oʻqituvchisi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019