Öqituvçilar fidoyi bölişgaç...
Men uzoq yillar, to nafaqaga çiqqunimça öqituvçi bölib işladim. Bu kasbning zalvorli yukini ham, şon-u şarafini ham yurak-yuragimdan his qilib,qadrlayman. Şu bois, öz kasbining fidoyilari bölgan yoş öqituvçilarni körsam, özimning beğubor bolalik dunyosiga oşno bölib mehnat qilgan davrlarim yodimga tuşadi. Maktablarimizda taʼlim-tarbiya işi uçun jonini fido qilişga tayyor yoş pedagoglar borligidan quvonib ketaman.
Tumanimizdagi 55-sonli umumtaʼlim maktabida mening nevaralarim tahsil olişadi. Nevaralarimning har tong maktabga oşiqib turişlaridan, dars tayyorlaşda masʼuliyatni his qilib, öquvçilik intizomini mahkam tutişlaridan bilamanki, Davronbek Arikov rahbarligidagi uşbu pedagogik jamoada öziga xos tartib-qoida mujassam. Şu bois, maktab öqituvçilari öz işiga masʼul, öquvçilar esa masʼuliyatli. Eng muhimi, maktab va ota-ona hamkorligi juda yaxşi yölga qöyilgan.
Maktabda matematika va informatika fanlarini öqitişda esa öziga xos tajriba töplangan.
2011-yilda özining ilk pedagogik faoliyatini boşlagan informatika fani öqituvçisi Rustam Rahmatullayevning har bir darsi öquvçilar uçun qiziqarli. Sababi, aynan informatika fani böyiça mening nevaram Sohiba Rajabboyeva erişayotgan yutuqlar Rustamjon Rahmatullayevning öziga xos uslub yaratişga intilayotganidan yaqqol dalolatdir. Çunki, nevaram Sohiba Rustamjon rahbarligida öz tengqurlari orasida juda katta yutuqlarni qölga kiritdi. 2014-yilda informatika fanidan fanlar olimpiadasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 1-örinni egallab, Özbekiston miqyosidagi bosqiçda muvaffaqiyatli iştirok etib qaytdi. Yaqinda esa fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida Sohiba yana 1-örinni egalladi. Ayni kunda u mazkur bellaşuvning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga tayyorgarlik körmoqda.
Men maktab ota-onalar qömitasining aʼzosi sifatida Rustamjon Rahmatullayevga yoş avlodni mustaqil Vatanga munosib, bilimdon va zukko farzandlar sifatida tarbiyalaşdek ezgu işda katta yutuqlar tilayman hamda öz kasbiga fidoyi bölgan yoş öqituvçilarga minnatdorçilik bildiraman.
Ota-onalar nomidan Orzigul ALLAMOVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶