Yoşlar örtasida harbiy-sport musobaqalarining tuman bosqiçi ötkazildi
Vatan – muqaddas tuşunça. Uning tinçligi va osoyiştaligini asraş, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlaş hamda osmonimiz musaffoligini saqlaş har bir fuqaroning, ayniqsa, kelajagimiz egalari bölgan barkamol yoşlarning eng oliy burçi sanaladi. Şu sababli ham bugungi kunda mamlakatimizda yoş avlodni jismonan soğlom, maʼnan yetuk, intellektual jihatdan salohiyatli va eng muhimi, yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Aynan şu ezgu maqsad yölida joylarda turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari, harbiy xizmatçilar va yoşlar uçraşuvlari muntazam ravişda yuqori saviyada taşkil etib kelinmoqda.
Xususan, Amudaryo tumanida ham ösib kelayotgan yoş avlod qalbida ona yurtga muhabbat, fidoyilik, mardlik va jasurlik tuyğularini yuksaltiriş maqsadida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Yaqinda Amudaryo tumani Mudofaa bölimi taşabbusi bilan mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini oşiriş, ularni çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik fanlari böyiça olgan nazariy bilim va könikmalarini amaliyotda, real hayotiy vaziyatlarda qöllaşga örgatiş maqsadida harbiy-sport musobaqalarining tuman bosqiçi kötarinki ruhda ötkazildi.
Musobaqa davomida tumandagi umumtaʼlim maktablaridan taşrif buyurgan, közlarida öt çaqnab turgan yoşlar özlarining çaqqonligi, merganligi, kuç va irodasini turli sinovlardan ötkazdilar. Maydonda hukm surgan soğlom raqobat muhiti, iştirokçilarning ğalabaga bölgan intilişi va iştiyoqi mazkur sport tadbirining qançalik ahamiyatli hamda hayajonli ekanligini yaqqol namoyon etdi.
Spartakiada dasturidan örin olgan şartlar yoşlarning nafaqat jismoniy imkoniyatlarini, balki intellektual salohiyatini, tezkor fikrlaşini ham sinovdan ötkazişga qaratildi. Iştirokçilar belgilangan masofaga tezlik bilan yuguriş, turnikda tortiliş, arqon tortişiş, avtomatni qismlarga ajratiş va yiğiş hamda boşqa şartlar asosida bilimlarni, jismoniy imkoniyatlarini namoyiş etişdi.
Har bir şart öquvçilardan yuksak masʼuliyatni, çaqqonlikni va albatta, çinakam özaro hamjihatlikni talab etdi. Tadbirni katta qiziqiş bilan kuzatib borgan tomoşabinlar, ustoz-murabbiylar va ota-onalar öz farzandlarining, şogirdlarining şiddatli harakatlaridan, ularning ertaga el-yurtga kamarbasta böladigan vatan himoyaçisi degan şarafli nomga munosib bölib voyaga yetayotganidan çeksiz ğururlandilar. Hakamlar hayʼati esa iştirokçilarning har bir çiqişini odilona, xolis va qatʼiy mezonlar asosida baholab bordi.
Albatta, har qanday sport musobaqasida bölgani kabi, bu galgi sport va yoşlik bayramida ham eng kuçlilar, eng çaqqon va bilimlilar saralandi. Natijalarga köra, faxrli uçinçi örinni özining tezkorligi va jamoaviy jipsligi bilan köpçilikning eʼtiborini tortgan, nomiga monand harakat qilgan 19-sonli umumtaʼlim maktabining "Qalqon" jamoasi qölga kiritdi. Ikkinçi örin esa barça şartlarda birdek barqaror natijalarni qayd etgan, irodali va bilimdon öquvçilardan taşkil topgan 12-sonli maktabning "Vatanparvar" jamoasiga nasib qildi. Eng yuqori – faxrli birinçi örin esa musobaqa davomida çinakam yetakçilik qobiliyatini namoyon etgan, jismoniy va maʼnaviy jihatdan boşqalardan tengsiz ekanligini yaqqol isbotlagan 40-sonli maktabning "Yurt posbonlari" jamoasiga nasib qildi.
Ğolib va sovrindor jamoalar tuman Mudofaa bölimi hamda tadbir taşkilotçilari tomonidan maxsus diplomlar, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar. Bu kabi keng qamrovli musobaqalar nafaqat ösmirlarning jismoniy çiniqişiga, balki ularda jamoa bölib işlaş, qiyin va nostandart vaziyatlarda töğri qaror qabul qiliş, sabr-matonatli bölişdek eng muhim insoniy xususiyatlarini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶