“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi bölib ötdi
2026-yil 20-fevral kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumani maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tizimidagi umumiy örta taʼlim maktablarida taşkil etilgan “Vatan tayançi” otryadi aʼzolari örtasida Mudofaa vaziri kubogi uçun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqiçi ötkazildi.
Musobaqada Amudaryo tumani Mudofaa işlari bölimi boşliği podpolkovnik Ş. Mamatov, bölim boşliği örinbosari Z. Sadullayev, çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani rahbarlari uslubçisi G. Yuldaşev, şuningdek, mazkur fan öqituvçilari hamda 10–11-sinf öquvçilari — “Vatan tayançi” otryadi aʼzolari iştirok etdilar.
Bellaşuvlar turli harbiy-amaliy va psixologik şartlar asosida taşkil etildi. Musobaqaning asosiy maqsadi — yoş avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularda Ona-Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat va intizom fazilatlarini şakllantirişdan iborat böldi.
Natijalarga köra:
1-örin — 3-sonli maktabning “Amir Temur” jamoasi
2-örin — 1-sonli maktabning “Qalqon” jamoasi
3-örin — 64-sonli maktabning “Jaloliddin Manguberdi” jamoasi
Ğolib bölgan 3-sonli maktabning “Amir Temur” jamoasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldi.
Musobaqa sovrindorlari faxriy yorliq va estalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Yoşlarimizning Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalanayotgani barçamiz uçun quvonarlidir!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶