HAR QARIÇ YeR – RIZQ-RÖZ MANBAI: AMUDARYoDA DALA ÇETLARIDAN SAMARALI FOYDALANIŞNING YaNGI BOSQIÇI
Ona zaminimizning saxovati çeksiz, ammo undan omilkorlik bilan foydalaniş, yerning har bir qariçiga mehr beriş çinakam dehqonning vazifasidir. Ayniqsa, tabiat uyğoniş pallasiga kirayotgan şu kunlarda qişloq xöjaligi xodimlarining zimmasidagi masʼuliyat har qaçongidan ham ortadi. Bahor nafasi kelayotgan şu kunlarda Amudaryo tumanida bölib ötgan muhim tadbir aynan yerdan unumli foydalaniş va dasturxonlarimiz tökinligini taʼminlaş masalalariga bağişlandi.
16-fevral kuni Dörman ovuli hududida joylaşgan "Pirnazarov Töraboy" fermer xöjaligi dala şiyponida Amudaryo tumani fermerlari kengaşi hamda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman bölimi hamkorligida taşkil etilgan amaliy seminarda sohaning yetuk mutaxassislari, qişloq xöjaligi korxonalari va fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etdi.
Tadbirda söz olgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi va agentlikning Amudaryo tumani bölimi, Tuman fermerlari kengaşi masʼullari bugungi kunning dolzarb masalalari xususida atrofliça fikr yuritdilar.
Sir emaski, keyingi yillarda sayyoramizda kuzatilayotgan global iqlim özgarişlari, suv tanqisligi va kutilmagan tabiiy ofatlar qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişda jiddiy qiyinçiliklarni tuğdirmoqda. Seminar iştirokçilari taʼkidlaganidek, bu salbiy jarayonlar yurtimiz dehqonçiligiga ham öz taʼsirini ötkazmay qolmayapti. Aynan şunday şaroitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşning eng samarali yöli – mavjud imkoniyatlardan, xususan, ekin maydonlarining çetlaridan maksimal darajada foydalanişdir.
Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi "Qişloq xöjaligi maydonlaridagi qöşimça imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetiştirişni köpaytirişga doir çora-tadbirlar töğrisida"gi qarori dasturulamal bölib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjat dala çetlari, aholi tomorqalari, köp qavatli uylar atrofi va mahalla köçalarida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni yangi bosqiçga olib çiqişni közda tutadi.
Seminarda fermerlarga yaratilayotgan imtiyozlar haqida alohida töxtalib ötildi. Endilikda dala çetlaridan samarali foydalanib, mahsulot yetiştirayotgan işlab çiqaruvçilarga içki fitosanitariya sertifikatlari bepul taqdim etiladi. Bu esa ortiqça qoğozbozlik va xarajatning oldini oladi.
Yana bir quvonarli yangilik – Agrosanoatni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi tomonidan ajratilayotgan subsidiyalardir. Dala çetlariga "in-vitro" usulida yetiştirilgan mevali köçat payvandtaglarini xarid qiliş xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. Bunda har bir köçat uçun subsidiya miqdori 25 ming sömdan oşmasligi belgilangan. Bunday ğamxörlik fermerlarimizni yanada şijoat bilan mehnat qilişga undaşi tabiiy.
Nazariy bilimlar amaliy rejalar bilan mustahkamlandi. Tumandagi 350 ta fermer xöjaligi va qişloq xöjaligi korxonalari 2026-yilning bahor mavsumida ulkan maqsadni közlaşgan. Jumladan, mavsum davomida dala çetlari va böş maydonlarga jami 30 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda butalar ekiş rejalaştirilgan. Uşbu ezgu işlarni amalga oşiriş uçun Qipçoq davlat örmon xöjaligi hamda Quva tumanidagi köçatçilik xöjaliklari bilan şartnomalar imzolangan.
Şuningdek, hududda maxsus işçi guruh tuzilib, kanallar, suğoriş tarmoqlari va kollektor-drenaj atroflaridagi foydalanilmayotgan yerlar xatlovdan ötkazilmoqda. Uşbu hududlarda eksportbop mevali daraxtlarni ekişning prognoz körsatkiçlari va aniq mezonlari işlab çiqildi.
"Pirnazarov Töraboy" fermer xöjaligida ötgan uşbu seminar şunçaki yiğiliş emas, balki möl hosil va farovonlik sari taşlangan muhim qadam böldi. Zero, yerga mehr bergan heç qaçon kam bölmaydi. Amudaryolik mirişkorlarning dala çetlaridan ham hosil oliş yölidagi bu saʼy-harakatlari nafaqat öz daromadlarini oşirişga, balki elimiz dasturxoni tökinligi va yurtimiz eksport salohiyati yuksalişiga xizmat qilişi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶