16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:53
Jamiyat 👁 393

Amudaryo tumanida press-tur: mahallalarda aholi farovonligi yoʻlidagi islohotlar OAV nigohida

Amudaryo tumanida press-tur: mahallalarda aholi farovonligi yoʻlidagi islohotlar OAV nigohida

Bugun yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning joylardagi amaliy natijalari va oddiy insonlar hayotida qanday oʻzgarishlar yasayotganini jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni beqiyos. Shu maqsadda Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati tashabbusi bilan tumandagi mahallalarda aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda bandlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan keng qamrovli press-tur tashkil etildi.

Mazkur press-turda respublika va mahalliy miqyosdagi yetakchi OAV vakillari — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻZA), “Sevimli” telekanali, “Qoraqalpogʻiston” teleradiokanali, “Amudaryo” telekanali hamda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi jurnalist va muxbirlari ishtirok etib, mahallalarda olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar hamda yaratilayotgan yangi imkoniyatlar bilan bevosita joyida tanishdilar.

Press-tur davomida OAV vakillari tumanning bir qator mahallalarida boʻlib, tadbirkorlik subʼektlari faoliyati, xotin-qizlar bandligi, tomorqachilik va dehqonchilikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar, shuningdek, aholining turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdilar. Har bir manzilda amalga oshirilayotgan loyihalar aniq misollar orqali namoyish etilib, aholi bilan ochiq muloqotlar oʻtkazildi.

Xususan, Uyshin mahallasida tadbirkor tashabbusi bilan bunyod etilgan zamonaviy oilaviy shifokorlik punkti faoliyati jurnalistlarda katta qiziqish uygʻotdi. Ushbu maskan mahalla aholisiga qulay va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishga xizmat qilmoqda. Arna boʻyi mahallasida esa asalarichilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu sohaning aholi daromadini oshirishdagi ahamiyati yoritib berildi.

Shuningdek, Doʻstlik mahallasidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivi tarkibida barpo etilayotgan zamonaviy koʻp qavatli turar joylar, aholi uchun yaratilayotgan qulay yashash sharoitlari OAV vakillariga batafsil tanishtirildi. Bu loyihalar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Press-tur doirasida Ayoqchi mahallasida xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilgan namunali tashabbuslar ham eʼtibordan chetda qolmadi. Mahallada yashovchi Gavhar Annamuratova 15-yildan buyon tikuvchilik hunari bilan shugʻullanib kelmoqda. Onasidan oʻrgangan ushbu kasbni bugun tadbirkorlik darajasiga koʻtargan Gavhar opa nafaqat oilasini, balki boshqa xotin-qizlarni ham ish bilan taʼminlab kelmoqda. Ikki yil avval mahalla hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli koʻmagida 100 million soʻm kredit olib, zamonaviy tikuv uskunalarini xarid qilgan. Bugungi kunda buyurtma asosida sifatli koʻrpacha, koʻrpa va yostiqlar tikib, aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Eng quvonarlisi, u oʻz hunarining sir-asrorlarini farzandlari va nabiralariga oʻrgatib, kelgusida koʻplab shogirdlar yetishtirish va yangi ish oʻrinlari yaratishni maqsad qilgan.

Press-tur ishtirokchilari Xolimbeg ovulida yashovchi namunali tomorqachi Erkinboy Qoʻshayev faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. U yerdan samarali foydalanib, yiliga 3–4-martagacha hosil olayotgan ilgʻor dehqonlardan biri sanaladi. 2021-yildan buyon limon yetishtirishni yoʻlga qoʻyib, bu yil qariyb 400 kilogramm limon hosilidan salmoqli daromad oldi. Bundan tashqari, Erkin aka yangi dehqonchilik tajribalarini sinab koʻrib, kartoshkaning “Toshkent” navini ekish orqali yuqori hosilga erishdi va urugʻchilikni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Tomorqasida qulupnay, xurmo, kartoshka, piyoz, bodring, pomidor, sabzi, qovun, tarvuz, koʻkatlar yetishtirish bilan birga chorvachilik, parrandachilik va quyonchilikni ham yoʻlga qoʻyganligi uning mehnatsevarligi va tashabbuskorligidan dalolat beradi. 

Press-tur ishtirokchilari namunali tomorqachining yerga boʻlgan mehri, dehqonchilikdagi tajribalari va mehnat samaralari bilan yaqindan tanishib, bu kabi tashabbuslar boshqa hududlar uchun ham oʻrnak boʻlishini alohida taʼkidlashdi.

Xulosa oʻrnida aytish joizki, bunday press-turlar hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligini taʼminlash, aholi hayotidagi ijobiy oʻzgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, bu kabi tadbirlar orqali inson qadri, mehnat va tashabbus eʼzozlanayotgan bugungi islohotlar hayotiy misollar orqali namoyon boʻlmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026