Amudaryoda aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş jarayonlari qizğin davom etmoqda
Ayni kunlarda yurtimizning barça hududlarida bölgani singari Amudaryo tumanida ham aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirlari yuqori uyuşqoqlik bilan davom etmoqda. Har qanday davlatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti, avvalo, aniq statistik maʼlumotlarga, demografik körsatkiçlarga va mavjud resurslarning haqqoniy hisob-kitobiga tayanadi. Şu maʼnoda, 2026-yilning ilk oyidan start olgan uşbu yirik kampaniya mamlakatimizda demografik jarayonlarni çuqur tahlil qiliş, mehnat resurslarini töğri taqsimlaş, ijtimoiy infratuzilma obʼektlari — maktab, şifoxona va yöllar qurilişini hamda hududiy rivojlanişni ilmiy asosda rejalaştirişda muhim poydevor vazifasini ötaydi. Taʼkidlaş joizki, mazkur jarayonlar xalqaro standartlarga töliq mos ravişda, eng ilğor xorijiy tajribalar va zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda taşkil etilayotgani bilan avvalgi yillardagi tadbirlardan tubdan farq qiladi.
Röyxatga oliş işlari joriy yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar ikki asosiy bosqiçda amalga oşirilişi belgilangan bölib, ayni paytda birinçi bosqiç işlari qizğin tus olgan. 15-31-yanvar kunlarini öz içiga olgan uşbu bosqiçda fuqarolarga qulaylik yaratiş maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari işga solingan: aholi maxsus axborot tizimi orqali masofadan turib, onlayn şaklda röyxatdan ötiş imkoniyatiga ega.
Ikkinçi bosqiç esa fevral oyida bevosita joylarda, yaʼni “Mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan uyma-uy yurib, maxsus planşet qurilmalari yordamida savolnomalarni töldiriş orqali amalga oşiriladi. Bunda census.stat.uz portali va OneID identifikatsiya tizimidan foydalanilayotgani maʼlumotlarning aniqligi va şaffofligini taʼminlaşga xizmat qilmoqda. Ahamiyatli jihati şundaki, barça jarayonlar geoaxborot tizimi asosida monitoring qilinmoqda. Xususan, respublika böyiça 7,6 milliondan ortiq xonadon va turar joylarning geomanzillari şakllantirilib, maxsus monitoring uskunalari orqali jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatiş imkoniyati yaratilgan.
Amudaryo tumani hokimligida taşkil etilgan maxsus ştab aʼzolari ham uşbu jarayonga jiddiy tayyorgarlik körgan holda, aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş işlarini tizimli taşkil etiş, yuzaga kelayotgan savollarga tezkor javob beriş va aholiga amaliy yordam körsatiş maqsadida uzluksiz faoliyat olib bormoqdalar. Raqamlarga murojaat qiladigan bölsak, 20-yanvar soat 12:00 holatiga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça jami 232 mingga yaqin xonadon muvaffaqiyatli röyxatdan ötgan bölsa, şundan 23,5 mingdan ortiği aynan Amudaryo tumani hissasiga töğri kelayotgani tuman ahlining jarayonga naqadar masʼuliyat bilan yondaşayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunga qadar mamlakat miqyosida maxsus portal orqali 2,48 million xonadon hamda 31 mingta fermer xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalari röyxatga olingani ham aholining faolligi oşib borayotganini körsatadi.
Tumanning barça hududlarida, jumladan, çekka ovullarda ham işlar jadal surʼatlarda taşkil etilgan. Jumladan, Amudaryo tumanining Xolimbeg ovulida yaşovçi fuqarolar uşbu jarayonda yuksak uyuşqoqlik namunasini körsatmoqdalar. “Mahalla yettiligi” aʼzolarining xonadonma-xonadon yurib olib borgan samarali tarğibot işlari natijasida ovul hududidagi maktabda joylaşgan ştabda iş qizğin davom etmoqda. Fuqarolar öz kelajagiga befarq bölmagan holda, savolnomalarni onlayn töldirişda faol iştirok etmoqdalar. Şu örinda aholi xavfsizligi va maʼlumotlar maxfiyligi masalasiga alohida töxtalib ötiş zarur. Fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan barça şaxsiy maʼlumotlar qonunçilik talablariga muvofiq qatʼiy himoya qilinadi va ulardan faqat umumlaştirilgan holda, statistik maqsadlarda foydalaniladi. Bu esa har bir fuqaroning jarayonda xotirjam va işonç bilan iştirok etişi uçun huquqiy kafolatdir.
Uşbu yirik tadbirni yuqori saviyada ötkaziş uçun mamlakat miqyosida ulkan tayyorgarlik körildi. Respublika böyiça 14 ta hududiy hamda 208 ta tuman va şahar ştablari tuzilib, jarayonga 60 ming nafarga yaqin maxsus tayyorgarlikdan ötgan xodimlar jalb etildi. Ular safida 54 ming nafar “Mahalla yettiligi” vakillari, 2,6 ming nafar zaxira xodimlar, şuningdek, vazirlik va idoralardan biriktirilgan trenerlar hamda oliy taʼlim muassasalarining volontyor talabalari borligi bu işning umumxalq harakatiga aylanganini körsatadi. Aholini xabardor qiliş maqsadida yuzlab videoroliklar, minglab tarğibot materiallari tayyorlanib, televideniye, ijtimoiy tarmoqlar va jamoat joylarida keng namoyiş etilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirlari — bu şunçaki statistik maʼlumot töplaş emas, balki ertangi kunimiz, farzandlarimiz kelajagi va yurtimiz ravnaqi uçun muhim dasturilamal bölib xizmat qiladi. Şunday ekan, aziz hamyurtlar, Siz ham onlayn tarzda aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş jarayonlarida faol iştirok eting!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶