14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 04:08
Siyosat 👁 1,090

Kuyuk koʻpirda sayyor qabul samarali yechimlar bilan yakunlandi

Kuyuk koʻpirda sayyor qabul samarali yechimlar bilan yakunlandi

Aholi muammolarini chuqur oʻrganish, ularni joyida tinglash va tezkor yechimlar topish maqsadida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametovning fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi sayyor qabuli Kuyuk koʻpir ovulida boʻlib oʻtdi.

Mazkur ochiq muloqotda tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tashkilot va boʻlimlar rahbarlari hamda masʼul xodimlar, shuningdek, Kuyuk koʻpir ovuli va Boʻzyop mahallasi aholi vakillari faol ishtirok etdi.

Sayyor qabul Kuyuk koʻpir OFY binosida tashkil etilib, unda tuman hokimi soʻzga chiqib, joriy yil mobaynida tumanda barcha sohalarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar, erishilgan natijalar hamda kelgusi yil uchun belgilangan ustuvor maqsad va rejalar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Ayniqsa, aholi muammolarini hal etish, fuqarolar murojaatlariga oʻz vaqtida va manzilli yondashish davlat siyosatining muhim yoʻnalishi ekanligi alohida taʼkidlandi.

Qabul jarayonida fuqarolardan turli yoʻnalishlarda murojaatlar kelib tushdi. Xususan, farzandining oliy taʼlim muassasasida oʻqishini davom ettirishi uchun shartnoma toʻlovida amaliy yordam berish, koʻcha yoʻllariga shagʻal va tosh yotqizish, moddiy yordam olishga koʻmaklashish, elektr energiyasi kuchlanishi pastligi sababli transformatorni almashtirish, nogironligi boʻlgan yaqiniga qarovchi biriktirib berish, ishga joylashish, koʻmir mahsulotlarini xarid qilishda yordam berish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar tomonidan quyosh panellarini oʻrnatishga koʻmaklashish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kredit ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ichki koʻchalarga tosh yotqizish masalalari koʻtarildi. Taʼlim sohasi boʻyicha esa 14-sonli umumtaʼlim maktabiga sport zali qurib berish, 19-sonli umumtaʼlim maktabiga qoʻshimcha bino barpo etish, shuningdek, hududda davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish taklif va murojaatlari ilgari surildi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaat masʼullar ishtirokida atroflicha oʻrganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qoʻshimcha vaqt va mablagʻ talab etadigan murojaatlar boʻyicha esa aniq ijro muddati belgilandi hamda masʼul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday sayyor qabullar aholi va rahbarlar oʻrtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, eng muhimi, inson manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019