BÖZYoPLIKLARGA YaXŞILIK ULAŞAYoTGAN IJTIMOIY XODIM
Amudaryo tumanining Bözyop ovulida 1071 ta xonadonni qamrab olgan 1707 ta oilada salkam 5800 nafarga yaqin turli millatga mansub aholi istiqomat qiladi. Bözyopliklar uçun bir-birining muammolariga yelka tutiş va özaro yordam körsatiş azaliy qadriyat hisoblanadi. Aynan mana şunday hamjihatlik muhiti tufayli kompleks ijtimoiy xizmat körsatuvçi xodim sifatida öz faoliyatini boşlagan Şodurdi Şamanov ovul aholisi bilan qisqa vaqt içida yaqin munosabat örnatdi va samarali faoliyat olib bormoqda.
Uning ovul fuqarolar yiğini “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlari natijasida 12 toifadagi fuqarolarning röyxati şakllantirilib, ularga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmat körsatiş yölga qöyildi.
Ijtimoiy xodim eng avvalo ovuldagi özgalar parvarişiga muhtoj, yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar toifasi böyiça röyxatga olingan fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralarini kördi. Aynan şu toifadagi 6 nafar fuqaroning uylariga borib örganilgaç, ularga assistent biriktirilib, namunali ijtimoiy xizmat körsatiş yölga qöyildi.
Uning taşabbusi bilan ovul hududidagi 124 nafar nogironligi bölgan şaxslar va bolalarga ijtimoiy himoya çoralari qöllanilib, ularga maʼlum maʼnoda hayotga jöşqin nazar bilan qaraşlariga imkon beruvçi ijtimoiy xizmat va yordamlar körsatib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning ötgan davri mobaynida 12 nafar nogironligi bölgan şaxsga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari olib berildi. 13 nafar nogironligi bölgan şaxslar öz imkoniyatlariga yaraşa barqaror daromadli iş bilan taʼminlandilar. 4 nafar nogironligi bölgan şaxsga “Saxovat va kömak” jamğarmasi hisobidan davolanib, salomatligini tiklaşlari uçun yordam körsatildi. 3 nafar fuqaro esa adaptiv sportga jalb etildi.
Ota-onalari çet davlatlarda, mehnat muhojirligida bölgan va yaqin qarindoşlari tomonidan vasiylik va homiylikka olingan 2 nafar bolani parvarişlayotgan oila va ularning taʼlim-tarbiyasi ijtimoiy xodim tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Ovuldagi kam taʼminlanganlar toifasiga kiritilgan 78 ta oila doimiy eʼtiborda. Mazkur oilalarning barçasiga moddiy yordam va bolalar nafaqasi tayinlangan. Kambağallik reyestriga kiritilgan 50 ta oilani esa kambağallikdan çiqariş borasida ovulda faoliyat olib boruvçi hokim yordamçisi bilan hamkorlikda zarur çoralar körilmoqda.
Ijtimoiy xodimning samarali faoliyati natijasida 139 ta ehtiyojmand oilalarga kuz-qiş mavsumi uçun bir martalik moddiy yordam ajratildi. 9 ta kam taʼminlangan oilaning farzandlari maktabgaça taʼlim taşkilotlariga imtiyozli ravişda joylaştirildi.
Şodurdi Şamanovning iş faoliyatida tazyiq va zöravonlikka uçragan ayol-qizlarni qöllab-quvvatlaş masalasi ham muhim örin tutadi. Joriy yil davomida tazyiq va zöravonlik holatlari tufayli 4 nafar ayol-qizga himoya orderlari rasmiylaştirilib, ularning xavfsizligi taʼminlandi. Belgilangan tartib-qoida asosida sörovnoma ötkazilib, ularga huquqiy va psixologik yordamlar körsatildi.
Bugungi kunda öz xizmat faoliyati bilan bözyopliklarning eng yaqin va işonçli davlat xizmatçisiga aylangan Şodurdi Şamanovning har bir iş kuni unga işongan hamqişloqlari hayotiga doir muammolarni hal etiş, ularning ijtimoiylaşuviga kömaklaşiş, qalblarida hayotsevarlik tuyğularini uyğotiş, yaxşilik ulaşişga qaratilgan xayrli tadbirlar bilan ötadi. Zero, insonlarga yaxşilik ulaşiş zulmatga nur bağişlaş bilan barobardir.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶