YaNGI YIL BAYRAMI ARAFASIDA TUMAN PROKURORI MANĞIT DEHQON BOZORI FAOLIYaTI BILAN TANIŞDI
Mamlakatimizda aholi farovonligini taʼminlaş, ularning kundalik oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojlarini töliq qondiriş borasida tizimli işlar olib borilmoqda. Ayniqsa, turli bayram sanalari munosabati bilan taşkillaştiriladigan arzonlaştirilgan oziq-ovqat yarmarkalari, saxovatpeşa fermer xöjaliklari rahbarlari va tadbirkorlar tomonidan ötkaziladigan saxovat va ehson tadbirlari xalqimizga bayramona kayfiyat, dasturxonlariga fayz bağişlamoqda.
Bu borada Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan ham oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, aholining talab va ehtiyojlarini örganiş orqali tuman hududidagi bozorlarni tartibga soliş, oziq-ovqat mahsulotlari narxining sunʼiy ravişda oşirilişining oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şu maqsadda muntazam ravişda tuman hududidagi oziq-ovqat zahira omborlari va ularda saqlanayotgan mahsulotlar miqdori va sifati örganilib, aholining kundalik oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabini töliq qondirişga alohida ahamiyat berilmoqda.
Yangi yil bayrami yaqinlaşayotgani munosabati bilan Amudaryo tuman prokurori Bahrom Maşaripov Manğit Dehqon bozori faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Örganişlar jarayonida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi 253-sonli Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida bozor rastalaridagi tartib, tozalik, savdoga qöyilgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, bozor hududidagi zahira omborlarida saqlanayotgan mahsulotlarning yaroqlilik darajasi va miqdori közdan keçirildi. Şuningdek, Manğit dehqon bozori masʼullarining bayramoldi rejalari bilan yaqindan tanişildi.
Ayni kunlarda Dehqon bozori hududida Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasi va bayramoldi arzonlaştirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi yölga qöyilmoqda. Bozor rastalari sarxil meva-çevalardan tortib göşt va sut mahsulotlari, qandolatçilik hamda don-dun, eng sara navli guruç mahsulotlari bilan töldirilayotganidan xaridorlar mamnun.
Örganişlar jarayonida Yangi yil bayramoldi yarmarkasi rastalarini yanada sifatli va toza mahsulotlar bilan taʼminlaş, şuningdek, bozordagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligiga, kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarining uzluksiz yetkazib berilişiga alohida ahamiyat qaratiş yuzasidan bozor masʼullariga zarur topşiriqlar berildi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶