“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan kouçing-seminari ötkazildi
Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini binosida Qiliçboy hududidagi faollar iştirokida “Inson – insonga yordamçi” mavzusida kouçing-seminari taşkil etildi. Unda Qiliçboy hududidagi barça ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari massʼullari, aholi vakillari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yetakçi mutaxassislari, ovul va mahallalarda faoliyat olib boruvçi kompleks xizmat körsatuvçi ijtimoiy xodimlar iştirok etdilar.
Uşbu kouçing-seminarini ötkazişdan maqsad – ijtimoiy himoya tizimida amalga oşirilayotgan işlar haqida keng jamoatçilikka maʼlumot beriş, fuqarolarning huquqiy bilimini oşiriş hamda muammolarni birgalikda hal etişdan iboratdir.
Maʼlumki, sönggi yillarda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilişni yanada kuçaytiriş, ijtimoiy xizmat turlarini köpaytiriş va sifatini oşiriş böyiça yangi tizim yaratildi. Bu yangi tizim öz navbatida mahallalardagi “Yettilik”ning aholi muammolarini örganiş va fuqarolarga kompleks xizmatlar hamda yordamlar körsatiş imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.
Mahallalarda har bir yönalişga alohida eʼtibor qaratilgan bölib, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini aniqlaş hamda ularning muammolarini samarali hal etiş böyiça masʼul xodimlar tomonidan amaliy işlar yölga qöyildi. 2024-yil aprel oyidan eʼtiboran mahallalarda ijtimoiy xodim lavozimi taʼsis etildi. Uşbu xodimlar tomonidan mahallalardagi 12 toifa aholi qatlamlariga 104 turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar körsatilib kelinmoqda.
Kouçing dasturi davomida Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan faollarga tegişli tuşuntirişlar berildi. Jumladan, aholiga körsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, şuningdek, “Saxovat va kömak” jamğarmasidan körsatiladigan yordamlar haqida markazning mahallada ijtimoiy xizmat taşkil etiş şöbasi mudiri Baxriddin Törabayev batafsil tuşunça va maʼlumotlar berdi.
Şundan söng, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş yuzasidan Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan işlar böyiça markazning ijtimoiy tölovlar şöbasi mudiri Sirojiddin Jumaboyev tadbir iştirokçilariga zarur tuşunçalar taqdim etdi.
Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi “Muhtoj şaxslarni protez-ortopediya vositalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari bilan taʼminlaş tartibi töğrisida”gi Qarori va nogironlikni belgilaş tizimining raqamlaştirilişi böyiça markazning nogironligi bölgan şaxslar bilan işlaş şöʼbasi mudiri Murodjon Boltayevning maʼruzasi tinglandi.
Bundan taşqari, qizğin savol-javoblar bilan davom etgan tadbirda “Vasiylik va homiylik töğrisida”gi masala yuzasidan markazning Bolalarni ijtimoiy himoya qiliş şöʼbasi mudiri Jahongir Xolmurodov ham iştirokçilarga keng tuşunçalar berib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan qimmatli maʼlumotlar ham taqdim etdi.
Kouçing tadbirida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi “Özgalar parvarişiga muhtoj şaxslarga vauçer asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş tartibini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori va undan kelib çiqadigan vazifalar mazmun-mohiyati xususida markazning katta yoşdagilar va oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan oilalar bilan işlaş şöʼbasi mudiri Jörabek Şermetov, Markaz psixologi Yulduz Sultanova hamda markazning huquqiy masalalar böyiça ekspert maslahatçisi Ergaşali Bobojonovlar sözga çiqib, oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan şaxslar hamda psixolog va huquqiy masalalar böyiça maslahat va yordamga muhtoj fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar yuzasidan öz fikrlarini bildirdilar.
Kouçing-seminari söngida faollar tomonidan berilgan savollarga markaz xodimlari tomonidan töliq javoblar berildi va mazkur tadbirda faol qatnaşgan iştirokçilarga Markaz tomonidan esdalik sovğalari topşirildi.
Mazkur Kouçing-seminari ijtimoiy himoya böyiça Qiliçboy hududidagi ovul va mahallalar aholisining huquqiy savodxonligini, şu bilan birga uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar böyiça xabardorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶