Amudaryo tumanida mehnat migratsiyasi böyiça seminar bölib ötdi
Amudaryo tuman hokimligida “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi” mavzusida seminar bölib ötdi. Tadbirda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi boşqarma boşliği Şohruz Xakimov, agentlikning Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali rahbari Azamat Açilov, tuman hokimi örinbosari Nodirbek Kamolov hamda tumandagi 49 ta “Mahalla yettiliklari” va tegişli taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Tuman aholisi uçun dolzarb bölgan mehnat migratsiyasi masalalarini örganiş, xavfsiz mexanizmlarni yanada mustahkamlaş va fuqarolarning xorijdagi huquqiy himoyasini kuçaytiriş maqsadida taşkil etilgan mazkur seminar jamoatçilik tomonidan ham katta qiziqiş bilan kuzatildi.
Seminarda Migratsiya agentligining asosiy yönalişlari batafsil tuşuntirildi. Xususan, mehnat migratsiyasi jarayonlarini samarali boşqariş, xorijda işlayotgan fuqarolarni hisobga oliş va ularning holatini monitoring qiliş, çet elning nufuzli taşkilotlari bilan vaqtinçalik mehnat faoliyati böyiça hamkorlikni rivojlantiriş, Özbekistonning diplomatik vakolatxonalari bilan özaro hamkorlikni kengaytiriş, xorijdagi özbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlaş, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qiliş böyiça yangi mexanizmlarni joriy etiş kabi tamoyillar agentlik faoliyatining asosiy poydevorini taşkil qilişi alohida taʼkidlandi.
Bugungi şiddatli davrda migratsiya jarayonlarini qonuniylaştiriş, har bir fuqaroning mehnat faoliyatini xavfsiz taşkil etiş muhim ahamiyat kasb etayotgani, bu borada davlat tomonidan keng kölamli tizimli islohotlar amalga oşirilayotgani qayd etildi.
Seminar davomida Migratsiya agentligi tomonidan amalga oşirilayotgan bandlikni qöllab-quvvatlaş böyiça kompleks jarayonlar haqida ham batafsil maʼlumot berildi. Unga köra xorijiy mamlakatlarda iş beruvçilar bilan şartnomalar tuziş, taşqi mehnat migratsiyasiga çiqmoqçi bölgan fuqarolarni aniqlaş va röyxatga oliş, ularni kasbga va çet tillariga öqitiş, iş jarayonida monitoring olib boriş, fuqarolarga ijtimoiy va huquqiy yordam körsatiş kabi yönalişlar mehnat bozori talablaridan kelib çiqib amalga oşirilmoqda.
Bu borada “Mahalla yettiliklari”ning faol iştiroki, xonadonlarga kirib borilayotgani, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar orqali mavjud muammolarni aniqlaş işlari ham yangi tizimning samaradorligini oşirmoqda.
Seminarda taqdim etilgan raqamlar migratsiya sohasida olib borilayotgan işlarning qamrovi va natijadorligini yaqqol körsatib berdi.
2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida Migratsiya agentligi tomonidan 156 ming nafar fuqaroga huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam körsatilgan, xorijdagi iş beruvçilar tomonidan 1,8 million AQŞ dollari miqdoridagi qarzdorliklar undirilib, fuqarolarga yetkazilgan, 352 nafar vatandoşning şaxsni tasdiqlovçi hujjatlari qaytarib olingan, 46,8 ming nafar fuqaro ijtimoiy yordamlar bilan taʼminlangan hamda 3,7 ming nafar fuqaro moddiy yordam olgan.
Bu natijalar mehnat migratsiyasining tartibga solingan, qonuniy va eng muhimi, xavfsiz bölişi yölida amalga oşirilayotgan izçil işlarning amaliy tasdiğidir.
Seminarda taʼkidlangandek, mehnat migratsiyasini töğri yölga qöyiş — bu nafaqat davlat organlarining vazifasi, balki “Mahalla yettiliklari”dan tortib, har bir masʼul taşkilotning hamkorlikdagi saʼy-harakatlarini talab etadi.
Amudaryoda ötkazilgan mazkur uçraşuv ham xalq va davlat örtasidagi özaro muloqotning yanada kuçayişiga, fuqarolarning xorijdagi mehnat faoliyatini qonuniy asosda taşkil etişiga xizmat qiladi. Seminarda bildirilgan fikr va takliflar esa mehnat migratsiyasining yanada xavfsiz, tartibli va tizimli bölişiga mustahkam zamin yaratadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶