Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid
Korruptsiya — bugungi kunda dunyo miqyosida hal etilişi lozim bölgan global muammolardan biri hisoblanadi. Uşbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanişiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bölişiga olib keladi. Şu bois, unga qarşi kuraşiş xalqaro ahamiyat kasb etib, jahondagi deyarli barça mamlakatlar siyosatining eng muhim va dolzarb masalalari qatoridan joy olgan. Korruptsiyaga qarşi kuraşiş masalasi mamlakatimizda ham keçiktirib bölmaydigan eng dolzarb, muammoli masalaga aylangan.
Uşbu yönalişdagi işlarning muhim böğini sifatida keng kölamli tarğibot-taşviqot işlarini yölga qöyiş orqali aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada OAVlari tomonidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar özining ijobiy samarasini bermoqda. Ayniqsa, davlat va jamoat taşkilotlarida, keng aholi qatlami orasida jurnalistlar tomonidan taşkillaştirilayotgan uçraşuv va davra suhbatlarida korruptsiyaning maʼnaviy ustunlarni yemirişi, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy hayot uçun ulkan xavf tuğdirişi töğrisida tuşunçalar berilayotgani fuqarolarning bu boradagi huquqiy savodxonligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Amudaryo televideniyesi tahririyatining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi Qoraqalpoğiston bölinmasi tomonidan moliyalaştirilgan “Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasida ham vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda ehtimoliy korruptsiya va taʼmagirlik holatlarining oldini olişga munosib hissa qöşiş maqsadida tarğibot-taşviqot tadbirlari amalga oşirilmoqda.
Xususan, loyiha koordinatorlari vakolatli davlat organlari xodimlari bilan hamkorlikda Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi va unga qaraşli bölimlarda faoliyat olib boruvçi şifokorlar bilan uçraşib, ularning xizmat xonalariga “Sizga xizmat qiliş — mening vazifam, iltimos, pora taklif qilmang!”, “Men oilamni pora evaziga boqmayman!” “Men korruptsiyaga qarşiman!” yozuvlari tuşirilgan maxsus lavhalarni joylaştirdi.
Şifokorlar bilan muloqot jarayonida tibbiyot sohasini korruptsiyadan xoli tizimga aylantiriş har bir xodimning zimmasidagi masʼuliyatli vazifasi ekanligiga alohida urğu berildi.
Şuningdek, grant loyihasi koordinatorlari Amudaryo tumani hokimligida faoliyat yurituvçi davlat xizmatçilarining ham xizmat xonalariga har bir fuqaro ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantirişga xizmat qiluvçi maxsus yozuvli lavhalarni joylaştirib, xodimlar bilan korruptsiya illatiga qarşi kuraş samaradorligini oşiriş yuzasidan samimiy muloqotda böldilar. Lavhalarga davlat xizmatçilarini halollikka çorlovçi yozuvlar tuşirilgan. Qolaversa, davlat xizmatlaridan foydalanuvçilar agar zarurat tuğilsa maxsus QR kodni skanerlab, korruptsiyaga qarşi kuraşuvçi vakolatli davlat organlari bilan boğlanişlari mumkin.
Amudaryo televideniyesi tahririyati tomonidan amalga oşirilayotgan “Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasidagi bu kabi tarğibot-taşviqot tadbirlari davlat organlari masʼul xodimlari bilan boğliq ehtimoliy korruptsiya va taʼmagirlik holatlarining oldini olişga munosib hissa qöşişga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶