"DALALAR ÇETLARIDAN SAMARALI FOYDALANIŞ ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDA SEMINAR ÖTKAZILDI
Sönggi yillarda yer yuzida röy berayotgan iqlim özgarişlari, tabiiy ofatlar va qurğoqçilik kabi ekologik vaziyatning buziliş holatlari qişloq xöjaligi sohasiga jiddiy taʼsirini ötkazib, oziq-ovqat mahsulotlari yetiştirişni qiyinlaştirib bormoqda. Albatta, bu holat Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari, xususan, bizning mamlakatimizga ham özining salbiy taʼsirini körsatmoqda.
Ana şunday holatlarning oldini oliş maqsadida mamlakatimizda sönggi bir yilda agrar tizimni yanada rivojlantiriş, sohaga suv va energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etiş orqali yuqori sifatli oziq-ovqat va sanoatbop mahsulotlar yetiştirişni köpaytiriş maqsadida muhtaram Prezidentimiz tomonidan qator Farmon va Qarorlar qabul qilinib, buning natijasida joylarda ulkan yutuqlarga erişilmoqda.
Prezidentimizning 2024-yil 30-dekabrdagi “Qişloq xöjaligi maydonlaridagi qöşimça imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetiştirişni köpaytirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga muvofiq dalalar çetlarida, aholining tomorqa yerlarida, köp qavatli uylar yonida, mahalla içki köçalarida qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş tartibi belgilanib, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligiga mahsulot yetiştirişni taşkil etiş, uruğ va köçatlarni yetkazib beriş, şuningdek, yetiştirilgan mahsulotni eksportga yönaltiriş vazifalari yuklangan edi.
30-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Tölqin ovuli hududidagi “Amat Törayev” fermer xöjaligi dalasida tuman Fermerlar kengaşi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Boğdorçilik agentligi tuman bölimlari hamkorligida “Dalalar çetlaridan samarali foydalaniş istiqbollari” mavzusida seminar taşkil etildi.
Seminarda tumanda faoliyat olib boruvçi qişloq xöjalik korxonalari, fermer va dehqon xöjaliklari rahbarlari hamda ilğor tomorqa yer egalari, soha mutaxassislari iştirok etişib, sohaga tatbiq qilinayotgan yangiliklar va özgarişlar bilan yaqindan tanişdilar.
Seminarda mutaxassislar tomonidan içki fitosanitar sertifikati dalalar çetlaridan samarali foydalanayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilarga bepul berilişi, Agrosanoatni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi hisobidan dalalar çetlariga “in-vitro” usulida ekilgan mevali köçatlar payvandtaglarini xarid qiliş xarajatlarining 50 foizi miqdorida, yaʼni, har bir mevali köçat payvandtagi uçun 25 ming sömdan oşmagan miqdorda subsidiya ajratilişi haqida maʼlumotlar berildi.
Bundan taşqari, Prezident Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida, tuman Fermerlar kengaşi hamda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman bölimi bilan birgalikda dalalar çetlarida, kanallar, suğoriş va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda, tomorqa yerlarida, köp qavatli uylar atrofida, mahalla içki köçalarida qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişni taşkil etişni muvofiqlaştiriş böyiça tuman işçi guruhi tuzilgani maʼlum qilinib, mazkur işçi guruh aʼzolarining vazifalari yuzasidan batafsil maʼlumotlar ham berildi.
Seminarda iştirokçilar tuman Femerlar kengaşi hamda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman bölimi mutaxassislari bilan özaro fikr almaşdilar, şuningdek, tajribali dehqonlar tomonidan amalga oşirilayotgan işlarni ommalaştiriş yuzasidan takliflar va tavsiyalar berilib, kelgusida qilinişi lozim bölgan işlar kelişib olindi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶