Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 14-sessiyasi haqida axborot
Joriy yilning 28-oktyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida yettinçi çaqiriq Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdagi 14-sessiyasi bölib ötdi. Sessiya majlisida deputatlar, hokim örinbosarlari, taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengaşi Raisi – tuman hokimi Sobir Xöjametov oçdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga “17-Jumurtov” saylov okrugidan deputat Baxram Şermanovni tayinlaş töğrisidagi taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Kun tartibdagi “Tuman mahalliy byudjetining qöşimça manbalari hisobidan mablağ ajratiş töğrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – Iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği Faxriddin Yusupov hisobot berdi.
Hisobotda Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjetidan maqbullaştirilgan mablağlarni köp qavatli turar joylar hamda ijtimoiy soha binolarini 2025-2026-yillar kuz-qiş mavsumida doimiy işlaşga tayyorlaş, şuningdek, ijtimoiy turar joylarni taʼmirlaş xarajatlari uçun tuman Obodonlaştiriş boşqarmasiga ötkazib beriş töğrisidagi taklif ilgari surildi. Uşbu taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Sessiya kun tartibidagi tuman hududida “Yaşil boğ” taşkil etiş töğrisidagi masala yuzasidan tuman hokimining quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjaligi, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari Baxodir Ernazarov hisobot berdi.
Hisobotda keltirilişiça, tegişli idora-taşkilotlar bilan hamkorlikda tumanning Xizr eli, Çoyköl, Döstlik, Farovon, Kuyuk köpir ovul va mahallalari hududidan jami 20,07 gektar yer maydonlari “Yaşil boğ” yaratiş uçun tanlab olingan. Uşbu taklif ham bir ovozdan tasdiqlandi.
Sessiya majlisida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş yuzasidan tuman prokurori Bahrom Maşaripov axborot berdi.
Axborotda prokuratura tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida “Inson qadri uçun” degan ezgu ğoyani röyobga çiqariş, hududda qonun ustuvorligini taʼminlaş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş maqsadida amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritildi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi 1-sonli qarori ijrosi doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişning yangi tizimi joriy qilindi. Ötgan 2024-yildagi 8 ta “qizil” toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş va yangiça yondaşuv asosida profilaktika işlarini tizimli taşkil etiş maqsadida aniq tadbirlar, masʼul ijroçilar belgilandi va “yöl xaritalari” işlab çiqildi. Amalga oşirilgan samarali işlar natijasida ötgan davr mobaynida kriminogen vaziyati oğir mahallalar “qizil” toifadan çiqarildi.
Sessiya kun tartibidan örin olgan “Amudaryo tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda işga joylaştiriş uçun iş örinlarining eng kam sonini belgilaş va zaxiraga qöyiş töğrisida”gi masala yuzasidan tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boşliği Ruslon Narimbetov axborot berdi.
Axborotda keltirilişiça, Amudaryo tumani hokimining “Amudaryo tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, iş topişda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng şartlarda raqobatlaşa olmaydigan şaxslarni işga joylaştiriş uçun iş örinlarini band qilib qöyiş töğrisida”gi qaroriga köra, tumanda 33 ta muassasa, korxona va taşkilotlarda 77 ta iş örinlarini band qilib qöyiş belgilangan.
Sessiya majlisida “Amudaryo tumani böyiça 2025-2026-yillar kuz-qiş davri uçun suv oliş limitlarini tasdiqlaş töğrisida”gi masala yuzasidan tuman suv yetkazib beriş xizmati davlat muassasasi direktori Baxtiyor Davekov hisobot berdi. Deputatlar tomonidan 2025-2026-yillar kuz-qiş davri uçun qişloq xöjaligi korxonalari, aholi va fermer xöjaliklarining suv oliş limitlari tasdiqlandi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barça masalalar yuzasidan hisobot va axborotlar atrofliça muhokama qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi, savollarga javoblar berildi va fikr-mulohazalar tinglanib, tegişli qarorlar qabul qilindi.
Şu bilan Xalq deputatlari tuman kengaşining 14- sessiyasi öz işini yakunladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶