Kadrlar tayyorlaşda yangi bosqiç: Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi tajribasi
Bugungi kunda mamlakatimizda yoşlarni zamonaviy bilim va könikmalar bilan qurollantiriş, ularni mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassislar etib tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi jamoasi uşbu ezgu maqsad yölida samarali faoliyat yuritayotgan taʼlim muassasalaridan biridir. Texnikumimiz nafaqat hududimiz yoşlarining kasbiy salohiyatini oşirişga xizmat qilmoqda, balki mamlakatimiz iqtisodiyoti uçun muhim bölgan örta böğin kadrlarini tayyorlaş işlariga ham munosib hissa qöşmoqda.
Texnikumimizning umumiy maydoni 4,6 gektarni taşkil etib, u 936-örinli quvvatga ega. Taʼlim dargohimizda 100-örinli zamonaviy yotoqxona va şunça örinli oşxona öquvçilar ixtiyorida. Hozirda muassasada 632 nafar öquvçi kunduzgi, sirtqi va dual taʼlim şakllari böyiça tahsil olmoqda. Ularning 456 nafari davlat granti asosida, 176 nafari esa tölov-kontrakt asosida bilim olmoqda. Şuningdek, 87 nafar öquvçi şartnoma asosida yotoqxonaga joylaştirilgan bölib, ularning 54 nafari qizlar va 33 nafari öğil bolalardir.
Texnikumda jami 40 nafar öqituvçi va 1 nafar işlab çiqariş taʼlimi ustasi faoliyat yuritadi. Ularning 1 nafari oliy toifali, 4 nafari yetakçi, 11 nafari esa katta öqituvçilardir.
Taʼlim sifatini yanada oşiriş maqsadida Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat texnika universiteti, Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti kabi oliy taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yölga qöyilgan. Uşbu hamkorlik doirasida ular muassasaga metodik yordam körsatib, öqitiş materiallarimizga taqrizlar berişmoqda, birgalikda uslubiy qöllanmalar tayyorlayapmiz va professor-öqituvçilar tomonidan mahorat darslari ötkazilmoqda.
Texnikum bitiruvçilarining işga joylaşişi va oliy taʼlimni davom ettirişi borasida ham salmoqli natijalarga erişilmoqda. 2024-2025 öquv yilida texnikumni bitirgan 96 nafar öquvçidan 25 nafari imtihonsiz, yakka tartibdagi suhbat asosida oliy taʼlim muassasalari talabasi böldi. Bitiruvçilarimizning 12 nafari tadbirkorlik bilan şuğullanmoqda, 72 nafari esa öz sohasi va unga yaqin yönalişlarda faoliyat olib bormoqda. Bu körsatkiçlar texnikumimizda berilayotgan bilim va könikmalarning mehnat bozoridagi talabga mos ekanligini körsatadi.
Öqituvçilarimizning innovatsion yondaşuvlari ham eʼtirofga loyiq. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi Qarori hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining topşiriğiga asosan taşkil etilgan “Professional taʼlim tizimida eng yaxşi raqamli taʼlim resurslari” Respublika körik-tanlovida öqituvçilarimiz muvaffaqiyatli iştirok etdilar. Birinçi bosqiçda 18 ta raqamli taʼlim resursini işlab çiqdik va ulardan 10 tasi Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ğolib deb topilib, respublika bosqiçiga yöllanma oldi. Uçinçi bosqiçda esa maxsus fan öqituvçilarimiz Gulnora Xudaybergenova, Tölğanoy Eşmuratova va psixologimiz Muattar Ozodovalar öz nominatsiyalarida faxrli 1-örinni egallab, mukofotlarga sazovor böldilar.
Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirişni rejalaştirganmiz. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi Qaroriga muvofiq, 2025/2026 öquv yilidan boşlab texnikumimizda muhandislik sohalaridagi kasblar böyiça töliq davlat granti asosida örta böğin kadrlarini tayyorlaş tizimi yölga qöyildi. Şuningdek, iş beruvçilar bilan tuzilgan şartnomalar asosida öquvçilarni dual taʼlim şaklida öqişga qabul qilamiz. Hozirda “TRIANGUL METALS TEBINBULAK” qöşma korxonasi bilan memorandum imzolab, «Elektr tarmoqlari va tizimlari» mutaxassisligi böyiça kunduzgi va dual taʼlim şaklida öquvçilarni qabul qilişni boşlab yubordik.
Bundan taşqari, texnikumimizda yoşlarni kasb-hunarga jalb etiş maqsadida “Oçiq eşiklar kuni” tadbirlarini doimiy ravişda ötkazib kelmoqdamiz. Yaqinda tuman hokimi Sobir Xöjametov taşabbusi bilan texnikumda 18 ta yönalişda bepul qisqa muddatli öquv kurslari taşkil etildi. Bu kurslar yoşlarga tikuvçilik, sartaroşlik, IT va dasturlaş, payvandçilik kabi sohalarda bilim oliş imkonini berib, ularning mehnat bozorida talabgir mutaxassis bölib yetişişiga zamin yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi jamoasi, nafaqat taʼlim beriş, balki yoşlarni kelajak kasblariga tayyorlaş, ularning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi örnini mustahkamlaşga qaratilgan keng qamrovli faoliyatni amalga oşirmoqda. Oliy taʼlim muassasalari va işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlik, innovatsion yondaşuvlar hamda davlatimiz tomonidan körsatilayotgan eʼtibor kelajakda taʼlim dargohimizning katta yutuqlariga yöl oçib berişiga işonamiz.
Fursatdan foydalanib, texnikumimiz öqituvçilari, işlab çiqariş taʼlimi ustalari va barça xodimlarini, qolaversa, yurtimizdagi barça ustoz va murabbiylarni 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan çin qalbimdan tabriklayman! Ularning yoşlarga bilim beriş, kasb-hunar örgatişdek maşaqqatli va şarafli işlarida omad yor bölişini tilab qolaman!
Şuhrat Matirzayev, texnikum direktori, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶