Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov öz ustozlarini bayram bilan tabrikladi
Insonning hayotida eng unutilmas siymo – uning ustozi hisoblanadi. Ustoz – hayotimizga nur taratuvçi çiroq, insonni hayot yöliga boşlovçi, qalbiga ezgulik uruğini soçuvçi buyuk şaxsdir. Ustozning körsatgan yöli, bergan saboqlari jamiyat taraqqiyotining, millat kamolotining asosi bölib xizmat qiladi.
1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni bayrami sifatida yurtimiz böylab keng nişonlanadi. Maktablarda, oliy taʼlim muassasalarida, madaniyat markazlarida ustoz va murabbiylarga bağişlangan bayram tadbirlari, uçraşuvlar, samimiy suhbatlar ötkaziladi.
Bayram sanasi munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov öz umr yölida bilim berib, tarbiya bergan ustozlariga samimiy ehtirom körsatib, bayram bilan tabrikladi.
Tuman hokimi yoşlik çoğlarida ilk bora qöliga qalam tutqazgan, bilimga yetaklagan birinçi ustozini — Tölqin ovulidagi 33-sonli umumtaʼlim maktabining faxriy öqituvçisi Abdulla Rajabov domlaning xonadonlariga taşrif buyurib, u kişini bayram bilan qutladi. Samimiyatga boy uşbu uçraşuv ustoz-şogird mehrini yodga soldi. Domla hayotini taʼlimga, yoş avlod tarbiyasiga bağişlagan inson sifatida tuman hokimining ehtiromidan ğururlanib, duoga qöl oçdi.
Şuningdek, tuman hokimi Sobir Xöjametov ustozi bilan birgalikda özi tahsil olgan maktab jamoasi bilan ham uçraşib, öquvçilarga kitoblar, sport anjomlari va esdalik sovğalarini taqdim etdi. Maktab hovlisida ustoz va şogird birgalikda daraxt köçatlari ekib, ezgu anʼanani davom etdirdilar. Bu esa avlodlar davomiyligini, hayotga umid va yangilaniş ramzini ifoda etdi.
Jamiyatda öqituvçi va murabbiylar örnini heç narsa bilan ölçab bölmaydi. Ular — maʼnaviyat poydevorini qöyuvçi, qalblarga ezgulik singdiruvçi, yoş avlodni Vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insoniylik ruhida tarbiyalovçi fidoyi insonlardir. Bugun mamlakatimiz taraqqiyoti, erişilayotgan yutuqlar, kelajak poydevorining mustahkamligi ham aynan ularning zahmatlari, mehr-muhabbat bilan qilgan mehnatlari evaziga bölayotgani barçamizga ayon.
Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Ustozlik – eng şarafli va eng masʼuliyatli kasbdir”. Çunki ustoz faqat bilim bermaydi, balki tarbiya ham beradi, insonni şaxs sifatida şakllantiradi, jamiyatga foydali inson bölib yetişişiga yöl körsatadi.
Tuman hokimi maktab davrida bilim bergan faxriy ustozlaridan biri Gulsara Boboniyazovani ham bayram bilan samimiy tabriklab xonadoniga taşrif buyurdi.
Amudaryo tumanida bölib ötgan uşbu samimiy uçraşuv nafaqat ustoz-şogird mehrini, balki yoşlarga bölgan eʼtibor va taʼlim-tarbiyaga berilayotgan yuksak qadriyatlarni ham yaqqol namoyon etdi.
Bugun yoşlar qalbiga bilim uruğini sepayotgan, kelajakka işonç bağişlayotgan öqituvçi va murabbiylarimizning şarafli mehnati har qança ehtirom va qadrlaşga loyiq.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶