Xotin-qizlar faolligi – jamiyat taraqqiyotining kaliti
Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini taʼminlaş, ijtimoiy faolligini oşiriş va tadbirkorligini rivojlantiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Uşbu ezgu taşabbuslarning amaliy ifodasini Amudaryo tumani Oq oltin ovuli misolida ham köriş mumkin.
Bu yerda davlatimiz taraqqiyoti yölidagi islohotlar ijrosini taʼminlaş yölida “Mahalla yettiligi” mehnati va taşabbusi tufayli qator ijobiy natijalarga erişilmoqda. Jumladan, ovul fuqarolar yiğini xotin-qizlar faoli Mohira Yakubovaning fidoyiligi, masʼuliyati va çeksiz şijoati tufayli bugun köplab oila va ayollarning turmuş tarzida ijobiy özgarişlar sezilmoqda.
Mohira Yakubova öz kasbiga mehr qöygan, taşabbuskor, masʼuliyatli va fidoyi xodim. Uning faoliyati nafaqat mahalladoşlariga, balki boşqa hududdagi hamkasblariga ham ibrat bölib xizmat qilmoqda. U nafaqat mahalla hayotida faol, balki tuman va respublika miqyosida ötkazib kelinayotgan turli körik-tanlovlarning ham faol iştirokçisi bölib kelmoqda.
Yaqinda ötkazilgan “Eng namunali xotin-qizlar faoli” respublika körik-tanlovining tuman bosqiçida “Oq oltin” OFY xotin-qizlar faoli Mohira Yakubova faxrli birinçi örinni egallab, respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi. Bu nafaqat xotin-qizlar faoli uçun, balki butun “Mahalla yettiligi” uçun katta şaraf böldi.
Oq oltin ovulida bugungi kunda, 1327 xonadonda 7568 nafar aholi istiqomat qiladi. Şundan 3778 nafarini xotin-qizlar taşkil etadi. Ana şu katta ijtimoiy qatlam hayotini yaxşilaş, ularning muammolarini hal etiş hamda bandligini taʼminlaşda sönggi yillarda katta siljişlar kuzatilmoqda.
Xususan, “Ayollar daftari”ning 6-bosqiçiga “Mahalla yettiligi” qarori bilan 174 nafar xotin-qiz kiritilgan bölsa, ularning qariyb yarmi — 96 nafariga amaliy yordam körsatilgan. Mahallada 136 nafar işsiz xotin-qiz aniqlanib, şundan 96 nafari kasbiy layoqatidan kelib çiqib, tadbirkorlik, hunarmandçilik va kasanaçilikka jalb qilingan. Taşqi migratsiyadan qaytgan 14 nafar ayoldan 6 nafari parrandaçilik va çorvaçilik kabi sohalarga yönaltirilib, ularning bandligi taʼminlangan.
Şuningdek, 2 ta holatda oilaviy nizolar aniqlanib, şundan bittasi mahalla faollari va hamkor taşkilotlar kömagi bilan hal qilingan. Yordamga muhtoj 36 nafar xotin-qizlarning muammolari örganilib, 12 nafarining masalasi amaliy yordam beriş orqali ijobiy hal etilgan. Probatsiya nazoratida turgan 7 nafar ayol ham kasbiy layoqatidan kelib çiqib, iş bilan taʼminlangan.
Mahallada xotin-qizlarni iqtisodiy faoliyatga keng jalb qiliş maqsadida hunarmandçilik, tikuvçilik, çorvaçilik va parrandaçilik yönalişlarida loyihalar yölga qöyilgan. Ayniqsa, migratsiyadan qaytgan ayollarni ijtimoiy hayotga qaytariş böyiça amalga oşirilgan işlar diqqatga sazovor.
Masalan, joriy yil boşida xorijdan qaytgan 3 nafar xotin-qizga parrandaçilik faoliyatini boşlaş uçun maqsadli kreditlar olişda amaliy yordam körsatilgan. Bu orqali ular nafaqat mustaqil daromad topiş imkoniga ega böldilar, balki öz oilalarining iqtisodiy barqarorligiga ham hissa qöşmoqdalar.
Oq oltin ovulida nafaqat xotin-qizlarning bandligini taʼminlaş, balki qadimiy hunarlarni asrab-avaylaş va kelajak avlodlarga yetkaziş borasida ham katta işlar qilinmoqda.
Gilamdözlik – ota-bobolarimizdan avloddan-avlodga yetib kelayotgan eng qadimiy hunarlardan biridir. Bu borada ovul faxri, mohir hunarmand Tölğonoy opa Xudaybergenovaning mehnati alohida eʼtiborga loyiq. U gilam töqiş sirlarini ota-bobolaridan örgangan bölib, maktab davridan boşlab bu sanʼatga mehr qöygan. Maktabni tamomlagaç, otasi va akasi Tölğonoy opaga katta gilam töqiş dastgohini yasab berişgan. U esa bu uskunani hozirgi kungaça avaylab saqlab, uyidagi barça gilamlarni öz qöli bilan töqigan. Eng quvonarlisi, Tölğonoy opa nafaqat özi hunarmandlik qilmoqda, balki bugungi kunga qadar köplab şogirdlar ham tarbiyalab yetiştirdi. Kelinlari va nevaralari ham Tölğonoy opaning yonida, katta qiziqiş bilan gilamdözlik sirlarini örganmoqda. Bu esa qadimiy hunarning yöqolib ketmasligi, balki yangi avlodlar qölida yanada rivojlanişini taʼminlamoqda.
Oq oltin ovulida olib borilayotgan işlar, xususan, Mohira Yakubova kabi fidoyi faollarning taşabbuslari nafaqat bir mahalla, balki butun tuman miqyosida xotin-qizlar hayotida ijobiy özgarişlar yasamoqda.
Bugun jamiyatimizda ayollarning örni tobora ortib borayotgani, ularning nafaqat oilada, balki ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotda ham faol iştirok etayotganini Oq oltin ovuli misolida ham yaqqol köriş mumkin.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶