AMUDARYoLIK YoQUBBOY AŞIROV URUĞÇILIK YÖNALIŞIDA SANOATÇI FERMERGA AYLANDI
Mamlakatimizda qişloq xöjaligi mahsulotlaridan yuqori hosil oliş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, ayniqsa, paxtaçilikni rivojlantiriş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi. Ana şu maqsadga erişişning eng maqbul yöli — ilğor innovatsion agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etiş, qolaversa, ilm-fan yutuqlaridan, tadbirkorlarning yangi-yangi ğoyalaridan samarali foydalanişdir.
Paxtaçilik mamlakatimizda qişloq xöjaligining muhim tarmoqlaridan biri sanaladi va bu sohada katta malaka, tajriba va öziga xos maktab yaratilgan. Garçi sönggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, qişloq joylarda aholi bandligi bilan boğliq muammolarni hal etiş maqsadida köp tarmoqli fermer xöjaliklarini köpaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli paxta ekiladigan maydonlar 15-16 foizgaça kamaygan bölsa-da, omilkor dehqonlarning sohaga innovatsion yondaşuvlari natijasida mamlakatimizda paxta hosildorligi kamaymadi. Aksinça, ilm-fan va yangi innovatsion agrotexnologiyalarni qöllaş paxta uruğçilik tizimini takomillaştiriş, mehnat samaradorligini oşiriş hisobiga yalpi paxta hosilini yuqori körsatkiçlarga yetkazişga erişilmoqda.
Bu borada Amudaryo tumanida ham öziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Xususan, yerning mahalliy şaroitidan kelib çiqib, turli kasalliklarga çidamli uruğlik mahsulotlarini tanlaş va ekiş orqali paxtadan har yili yuqori hosil olişga erişilmoqda. Ayniqsa, tumandagi "Yoqubboy Aşirov" fermer xöjaligida paxta va ğalla uruğçiligi yönalişida yuqori natijalarga erişilmoqda.
Öz faoliyatini 2009-yilda boşlagan Yoqubboy Aşirov rahbarligidagi mazkur fermer xöjaligi 114 gektar yer maydonida dehqonçilik qiladi. Yangiliklarga intiluvçan va hamişa öz faoliyatiga innovatsion ğoya va taşabbuslarni joriy etiş orqali paxta va ğalla uruğçiligi sohasida yuqori natijalarga erişib kelayotgan fermer tumandagi uruğlik paxta va ğalla yetiştiruvçi qişloq xöjaligi korxonalari uçun yanada qulayliklar yaratiş, şu bilan birga paxta va ğalla hosildorligini oşirişga munosib hissa qöşiş maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida bölib, xitoylik uruğşunoslar faoliyati bilan yaqindan tanişdi.
Şu bilan birga davlatimiz tomonidan tadbirkor va işbilarmonlar uçun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda 3 milliard sömlik imtiyozli kredit oldi. Unga qöşimça 3 milliard söm öz mablaği hisobiga Xitoy davlatidan paxta, ğalla va boşqa donli ekinlar uruğlarini mahalliy şaroitda qayta işlaydigan zavod uskunalarini olib keldi hamda "Amu sara urug'lari" MÇJ şaklidagi korxonaga asos soldi. Bu bilan Yoqubboy Aşirov sanoatçi fermerga aylandi.
Amudaryo tumanida yagona bölgan mazkur uruğçilik korxonasi tumandagi fermer xöjaliklari uçun sifatli uruğlik mahsulotlarini yetkazib beriş orqali qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişda sifat va samaradorlikka erişişlariga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Ayni paytda korxona joriy paxta yiğim-terim mavsumi oldidan töliq quvvat bilan işlaşga şay qilinib, uruğlik paxta yetiştiruvçi fermer xöjaliklaridan yangi paxta hosilini qabul qiliş va qayta işlaş, sara uruğlarni ajratib olişga tayyor qilib qöyildi. Korxonaning barça tsexlari, ayniqsa, paxtadan sara uruğlarni ajratib oliş mexanizmlari benuqson işlaşi uçun zarur şart-şaroitlar yaratildi. Korxona işçilari va mutaxassislari maxsus tayyorgarlikdan ötkazilib, ularga mehnat qonunçiligi va texnika xavfsizligi qoidalari yuzasidan tuşunça va tavsiyalar berildi.
Biz ijodiy jamoamiz bilan korxonada bölganimizda uruğlik sifatini nazorat qiliş uskunalari, laboratoriya jihozlari, paxtani qabul qiliş, tola sifati böyiça toifalarga ajratişga qaratilgan barça tadbirlarni tez va samarali amalga oşiriş imkonini beruvçi texnologiyalar işlaş uçun şay holatga keltirilganining guvohi böldik. Bundan ham muhimi, mazkur korxonada faqat qişloq yoşlari mehnat qilişib, zamonaviy texnologiyalarni mahorat bilan boşqarişmoqda.
— Barçasi muhtaram Prezidentimizning biz — qoraqalpoğistonlik tadbirkorlarga qaratayotgan yuksak eʼtibor va rağbatlari tufayli, — deydi Yoqubboy Aşirov mamnuniyat bilan. — Ana şu eʼtibor va rağbat tufayli tumanning eng çekka hududi — Yuqori qişloq mahallasiga sanoatni olib keldik, bir neça mahalla yoşlarining doimiy va mavsumiy iş bilan bandligi taʼminlandi.
Ayni paytda korxona mehnat jamoasi hududdagi uruğlik paxta yetiştiruvçi fermer xöjaliklaridan dastlabki hosilni qabul qilib olişga taraddud körişmoqda.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶