16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:31
Fan va taʼlim 👁 348

2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri oʻtkazildi

2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri oʻtkazildi

Bugungi kunda bolaning har tomonlama rivojlanishida maktabgacha taʼlim muassasasi va oila oʻrtasidagi hamkorlikning mustahkam boʻlishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sababi, bogʻcha bolalarga tizimli bilim va koʻnikmalarni berish, ularning ijtimoiylashuvini taʼminlash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun masʼuldir. Oila esa bolaga birinchi hayotiy tajribalarni beradi, uning axloqiy-maʼnaviy qadriyatlarini shakllantiradi, hissiy ehtiyojlarini qondiradi. Agar bu ikki muhit bir-birini toʻldirib, bir xil yoʻnalishda harakat qilsa, bolaning rivojlanishi izchil va samarali kechadi. Mamlakatimiz taʼlim tizimidagi islohotlar ham aynan shu maqsadga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Amudaryo tumanidagi 2-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham shu maqsadda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirdan asosiy maqsad ota-onalarni bogʻchadagi taʼlim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishtirish, pedagoglarning kasbiy faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflikni namoyish etish hamda oila va muassasa oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlashdan iborat boʻldi.

"Ochiq eshiklar kuni" tadbiri davomida ota-onalar guruh xonalari, mashgʻulot jarayonlari, bolalar uchun tashkil etilgan erkin faoliyat markazlari bilan tanishdilar. Ular bolalarning ijodiy ishlarini tomosha qilib, kichkintoylarning iqtidorlariga guvoh boʻlishdi. Bolajonlarning sahnalashtirgan raqslari esa tadbirga oʻzgacha zavq bagʻishladi. Bunday samimiy muhitda ota-onalar tarbiyachilarning mehnatini qadrlashga va ular bilan yanada yaqin hamkorlik qilishga ruhlandilar.

Tadbir yakunida ota-onalar va pedagoglar bolaning har tomonlama yetuk shaxs boʻlib shakllanishida oila va bogʻchaning birgalikdagi saʼy-harakatlari muhimligini alohida taʼkidlashdi. Zero, ota-ona va tarbiyachilar oʻrtasidagi doimiy muloqot bolaning hissiy holati haqida toʻliq tasavvur beradi. Oilada olgan tarbiya va bogʻchadagi ijtimoiy muhitning uygʻunligi bolaning oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi, uning muloqot koʻnikmalarini rivojlantiradi.

Ota-onalar bolaning bogʻchada nimalarni oʻrganayotganini bilsa, uyda ham ushbu mavzularni mustahkamlashga yordam berishi mumkin. Bu esa bolaning bilimni oʻzlashtirishini tezlashtiradi va mashgʻulotlarga qiziqishini yanada oshiradi. Hamkorlik natijasida bolaning rivojlanishidagi har qanday qiyinchiliklar, masalan, nutqidagi kamchiliklar, xulq-atvordagi oʻzgarishlar tarbiyachi va ota-ona tomonidan birgalikda erta aniqlanib, zudlik bilan tegishli choralar koʻriladi.

“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi davlat talablarining amaldagi ijrosining yorqin ifodasi boʻlgan mazkur tadbir ota-onalar va pedagoglar oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlab, kelgusidagi hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratdi.

Darhaqiqat, bugungi shiddatli zamonda bolalarning kelajagi haqida qaygʻurish, ularni yetuk va bilimli shaxs etib tarbiyalashda har ikkala tomonning ham masʼuliyati yuqori. "Ochiq eshiklar kuni" kabi tadbirlar esa ushbu masʼuliyatni anglab yetishga, oʻzaro muloqot va fikr almashishni kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu esa oʻz navbatida bolalarning baxtli va farovon kelajagiga hissa qoʻshadi.

Bu tadbir orqali ota-onalar farzandining kun davomida qanday sharoitlarda boʻlishi, qanday bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishini oʻz koʻzi bilan koʻrib, tasavvur hosil qildilar va hamkorlik uchun maktabgacha taʼlim muassasasi maʼmuriyatiga minnatdorlik izhor qildilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026