16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:08
Salomatlik 👁 397

TUMAN TIBBIYoT BIRLAShMASIDA MUSTAQILLIKNING 34 YILLIGI KENG NIShONLANDI

TUMAN TIBBIYoT BIRLAShMASIDA MUSTAQILLIKNING 34 YILLIGI KENG NIShONLANDI

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligini xalqimiz katta shodiyonalar bilan nishonladi. Mehnat jamoalarida, jamoat tashkilotlarida xalqimiz tomonidan 34-yil davomida erishilgan yutuqlar, keng miqyosli bunyodkorlik ishlari, oʻz ish faoliyatlari jarayonida yuqori natijalarga erishayotgan yurtdoshlarimiz mehnatlari eʼtirof etilib, ularga bayram sovgʻalari topshirildi.

Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasining tantanalar zalida Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tuman markaziy shifoxonasi boʻlimlari, Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, Oilaviy poliklinikalar va Oilaviy shifokorlik punktlari xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan Mustaqillikning 34 yilligi bayram tadbiri birlashma mehnat jamoasi uchun bir umr esda qolarli darajada yorqin taassurotlarga boy boʻldi va Mustaqillikning 34 yilligi shodiyonalari qoʻshaloq bayramga aylanib ketdi. Shu kuni Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari qoʻmitasi tashkil topganligining 120 yilligi ham keng nishonlandi.

Tantanali bayram tadbirini Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Shuhrat Jumaniyozov ochdi va barchani eng ulugʻ va eng aziz bayram bilan samimiy tabrikladi. Shu bilan birga, Mustaqillik yillarida mamlakatimiz tibbiyot tizimida amalga oshirilgan islohotlar, bemorlar va shifokorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, sohada olib borilayotgan katta bunyodkorlik ishlari, shu barobarida tumanimiz tibbiyoti sohasidagi oʻzgarishlar, yangilanishlar, tobora zamonaviy qiyofa kasb etayotgan tibbiy inshootlar, barcha sharoitlarga ega, zamon talablari darajasida bunyod etilgan tibbiy muassasalar xususida batafsil soʻz yuritdi.

Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqan Birlashma kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Ibodulla Nurimbetov va boshqalar Birlashma xodimlarini qoʻshaloq bayram bilan muborakbod etib, uzoq yillar oʻzlari bilan yelkama-yelka ishlab, xalq salomatligini saqlashdek ezgu vazifani ado etishda fidoyilik namunalarini koʻrsatgan aziz ustozlari bilan bogʻliq xotiralarni yodga oldilar. Ular Birlashma kasaba uyushmasi tomonidan inson omiliga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor va ragʻbatdan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Shundan soʻng, Tibbiyot Birlashmasi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Ibodulla Nurimbetov tibbiyot xodimlari oʻrtasidagi sport targʻiboti tadbirlarida faol ishtirok etish orqali fuqarolarni “Salomatlik uchun ming qadam”, “Salomatlik sayillari” kabi ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish borasidagi xizmatlari, shuningdek, tibbiyot xodimlari ishtirokidagi turli sport musobaqalarida qatnashib, tuman va Qoraqalpogʻiston miqyosida faxrli oʻrinlarni egallagan shifokor-sportchilarga Tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qoʻmitasining esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Jumladan, shifokorlar oʻrtasida shaxmat sporti boʻyicha oʻtkazilgan musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 1-oʻrin, mazkur musobaqaning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida 3-oʻrin gʻolibi, Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikaning quloq, tomoq, burun kasalliklari boʻyicha shifokori J. Erimbetov, stol tennisi boʻyicha Qoraqalpogʻistonda 1-oʻrin, Oʻzbekiston miqyosida faxrli 2-oʻrinni egallagan birlashma bosh hisobchisi A. Yoʻldoshev, mahoratli shaxmatchi hamshira Maftuna Davlatboyeva, shashka boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi gʻolibi Hamro Vafoyev va boshqalar, jami 25 nafar sportchi shifokorlar va sport targʻibotchilari munosib ragʻbatlantirildi.

Bundan tashqari, Tibbiyot birlashmasi ishchi-xodimlarining joriy oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga boradigan 90 nafar farzandlariga kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan oʻquv anjomlari toʻplami sovgʻa qilindi.

Taqdirlash marosimidan soʻng bayram shodiyonalari koʻtarinki ruhda davom etdi. Unda 29-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining sanʼatsevar yoshlari tomonidan tayyorlangan adabiy-musiqiy kontsert dasturi namoyish etildi. Biri-biridan dilbar navolar, kuy-qoʻshiqlar ijrosi tadbir ishtirokchilari qalbiga olam-olam zavq bagʻishladi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026