AMUDARYo TUMANINING EKSPORT SALOHIYaTI ÖSIB BORMOQDA
Amudaryo tumanining taşqi savdo aylanmasi yil sayin ösib bormoqda. Yuqori sifatli sanoat mahsulotlari işlab çiqariş va qişloq xöjaligini jadal rivojlantiriş borasidagi saʼy-harakatlar hamda yetiştirilgan mahsulotni taşqi bozorga yönaltiriş natijasida eksport hajmining oşişiga mustahkam zamin yaratilmoqda.
Xususan, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida tumanning taşqi savdo aylanmasi 19 253,9 ming AQŞ dollarini taşkil etdi. Ötgan 2024-yilda bu körsatkiç 10 540,5 ming AQŞ dollari bölib, joriy yilning faqat 6 oyi davomida 182,7 foiz ösişga erişildi. Uşbu körsatkiç MDH davlatlari bilan 10 549,8 ming AQŞ dollari, boşqa davlatlar bilan 8 659,2 ming AQŞ dollari miqdorida amalga oşirilgan savdolar hisobiga şakllandi.
Bundan taşqari, Amudaryo tumanining eksport hajmi 2025-yilning yanvar-iyul oylarida 17 254,3 ming AQŞ dollariga yetkazilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 189,3 foizni taşkil etib, yuqori darajadagi ösiş qayd etildi. Bu boradagi körsatkiç 2024-yilda 9 120,2 ming AQŞ dollari darajasida edi.
Şuningdek, import hajmi ham ança ösgan. Yaʼni, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida tumanga 1 420,3 ming AQŞ dollarlik turli toifadagi sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlari import qilingan bölsa, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida import mahsulotlar hajmi 140,1 foizga oşib, 1 989,6 ming AQŞ dollarini taşkil etgan.
Uşbu tahlillardan ayonki, Amudaryo tumanining taşqi savdo aylanmasidagi ösiş, eksport va import salohiyatining oşib borişi tadbirkorlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va davlatimiz tomonidan körsatilayotgan eʼtibor va rağbat tufaylidir.
Olimboy , Amudaryo tumani Statistika bölimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶