ÖQITUVÇILAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILDI
Umumiy örta taʼlim taşkilotlarining matematika, informatika va axborot texnologiyalari, biologiya fanlari öqituvçilari bazasini şakllantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 2-iyuldagi buyruğiga asosan Vazirlik tizimidagi barça umumtaʼlim maktablarining uşbu fanlar öqituvçilari örtasida Respublika olimpiadasining tuman bosqiçi taşkillaştirilib, muvaffaqiyatli tarzda ötkazilmoqda.
Joriy yilning 22-23-avgust kunlari Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 1-sonli maktab binosida ham mazkur olimpiadaning tuman bosqiçi bölib ötdi.
Öqituvçilar olimpiadasida tumandagi 86 ta umumiy örta taʼlim maktabi va ixtisoslaştirilgan maktabdan jami 143 nafar, jumladan, matematika fani böyiça 72 nafar, informatika va axborot texnologiyalari fani böyiça 35 nafar, biologiya fani böyiça 36 nafar öqituvçilar qatnaşdi.
Oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining Fan olimpiadasi böyiça Iqtidorli bolalar bilan işlaş sektor metodisti Fazilat Zarifova, Amudaryo tumani Ixtisoslaştirilgan maktab direktori Otabek Yöldoşev, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratov, Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şuʼbasi metodistlari Rayhon Yakubova, Habibulla Davletyarov, olimpiada auditoriya rahbarlari, kuzatuvçilar iştirok etdilar.
Aytiş joizki, nazorat materiallari Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilgan bölib, olimpiadaning hududiy taşkiliy qömitasi tomonidan çop etilgan va maxfiyligi taʼminlangan holda joylarga yetkazilgan.
Tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şuʼbasi metodistlari olimpiada iştirokçilariga javoblar varaqasini töldiriş qoidalari, test sinovlarini ötkaziş tartibi haqida batafsil tuşunçalar berdilar.
Ikki kun davom etgan olimpiadaning tuman bosqiçi yuqori işçanlik va şaffoflik asosida ötkazildi.
Mazkur öqituvçilar olimpiadasini ötkazişdan maqsad mamlakatimizda matematika, informatika va axborot texnologiyalari, biologiya sohalarida ilm-fanni rivojlantiriş, taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan öqituvçilar bilimini yangi sifat bosqiçiga olib çiqiş, jamiyatda öqituvçi maqomi va nufuzini oşiriş, pedagoglar uçun qulay ijtimoiy şaroitlar yaratiş va ularning mehnatini munosib rağbatlantiriş hamda öqituvçilarning yoşlarga taʼlim va tarbiya berişdagi masʼuliyatini, doimiy kasbiy rivojlanişdagi talabçanligini oşirişdan iboratdir.
Olimpiadaning tuman bosqiçida ğolib bölgan öqituvçilar hududiy bosqiçda iştirok etadilar va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oladilar. Hududiy bosqiç yaqin kunlarda ötkazilişi rejalaştirilgan.
Rayhon Yakubova, Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şuʼbasi metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶