Amudaryo tumanida hayvonlarni identifikatsiya qiliş va röyxatga oliş işlari sifatli amalga oşirilmoqda
Özbekiston Respublikasida çorvaçilik sohasini zamonaviy standartlarga moslaştiriş va xalqaro talablarga javob beradigan tizimni joriy etiş maqsadida 2025-yil 6-avgustda “Hayvonlarni identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş va kuzatiş töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. Uşbu qonun mamlakatimiz çorvaçilik sohasida tarixiy ahamiyatga ega bölgan hujjat hisoblanadi va iqtisodiyotning muhim tarmoğini yangi rivojlaniş bosqiçiga olib çiqişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Qonuning asosiy maqsadi Özbekiston hududida jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan saqlanadigan hamda köpaytirilayotgan barça hayvonlarni belgilangan tartibda identifikatsiya qiliş va röyxatga olişdan iborat. Bu tizim orqali har bir hayvonning kelib çiqişi, soğliği, maxsuldorligi va harakati haqida töliq maʼlumot oliş mumkin böladi.
Hayvonlarni identifikatsiya qiliş çorvaçilik mahsulotlarining sifatini nazorat qiliş, kasalliklarning tarqalişini oldini oliş va eksport salohiyatini oşiriş uçun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, bu tizim fermerlarga öz qaramoğidagi hayvonlarni samarali boşqariş va ularning iqtisodiy samaradorligini oşiriş imkonini beradi.
Qonun asosida Amudaryo tumanida ham qator amaliy işlar qilinmoqda. Hozirgi kunga qadar tumanda 10 ming 167 boş qoramol muvaffaqiyatli identifikatsiya qilindi. Bu raqam mahalliy çorvaçilik sohasida qonunning qançalik tez va samarali amalga oşirilayotganini körsatadi.
Tumanning Tölqin ovulida faoliyat yuritayotgan “Ilhom Şohruh” fermer xöjaligida ham qoramollarni identifikatsiya qiliş va röyxatga oliş işlari sifatli tarzda bajarildi. Uşbu xöjalik Belorus Respublikasidan 98 boş “Limuzin” va “Angus” zotli sigirlarni import qilgan bölib, ularni amaldagi veterinariya-sanitariya talablariga rioya qilgan holda sifatli parvariş qilmoqda. Qoramollar muntazam ravişda veterinariya körigidan ötkazilayotgani va emlaş işlari öz vaqtida amalga oşirilayotgani ularning soğlom rivojlanişida muhim omil bölmoqda. Bu tajriba boşqa fermer xöjaliklari uçun namuna bölib xizmat qilişi şubhasiz.
Aytiş joizki, qonunga muvofiq Qoramol, qöylar, eçkilar va tuyalar tuğilganidan ön tört kundan keyin, otlar tuğilganidan tört oydan keyin, itlar va muşuklar esa tuğilganidan uç oydan keyin identifikatsiya qilinişi hamda röyxatga olinişi lozim.
Saqlaş yoki köpaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan hayvonlar esa olib kirilgan sanadan eʼtiboran yigirma bir kundan keçiktirmay identifikatsiya qilinişi kerak. Özbekiston Respublikasida saqlanadigan va köpaytiriladigan hayvonlar söyilgan, nobud bölgan yoki Respublika hududidan taşqariga olib çiqilgan taqdirda yetti kunlik muddatda hisobdan çiqariladi.
Yangi qonunning qabul qilinişi mamlakatimizda çorvaçilik sohasining rivojlanişida muhim qadam hisoblanadi. Bu tizim orqali mahsulot sifatini oşiriş, xalqaro bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş va fermerlarning iqtisodiy faoliyatini yanada yaxşilaş mumkin böladi. Kelajakda bu qonun asosida çorvaçilik sohasida raqamli texnologiyalarning keng joriy etilişi va zamonaviy boşqaruv tizimlarining yaratilişi közda tutilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶