Qişloq xöjaligi vaziri iştirokida ötkazilgan respublika miqyosidagi sayyor qabulda fermerlar va klaster vakillarining muammolari joyida hal etildi
Qişloq xöjaligi mamlakatimiz iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega soha hisoblanadi. Ayniqsa, Qoraqalpoğiston hududida bu yönaliş aholining barqaror daromad manbai, oziq-ovqat xavfsizligining kafolati hamdir. Şu bois, sohada samaradorlikni oşiriş, fermer va dehqonlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularning muammolarini tezkorlik bilan hal etiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib kelmoqda.
Şu maqsadda, joriy yil 12-avgust kuni Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida Amudaryo tumani Qiliçboy ovuli hududidagi “Amirxon” fermer xöjaligi dala şiyponida muhim yiğiliş bölib ötdi. Tadbirda janubiy hududlarda agrar sohada yeçimini kutayotgan masalalarga amaliy yeçim topiş hamda vertikal boşqaruv tizimi samaradorligini oşiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Teşayev, respublika böyiça barça tuman hokimlarining soha böyiça örinbosarlari, vazirlik tizimidagi taşkilot rahbarlari, sohaga aloqador mutasaddilar, şuningdek, töğridan-töğri işlab çiqarişda faol bölgan fermerlar, dehqonlar va klaster rahbarlari iştirok etdilar.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov öz nutqida sönggi yillarda davlatimiz tomonidan Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi sohasini rivojlantiriş uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga alohida töxtaldi. Jumladan, imtiyozli kreditlar ajratiş, subsidiya tizimini takomillaştiriş, yer ajratişdagi yangiliklar hamda suv resurslaridan oqilona foydalaniş imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Şuningdek, yiğilişda sözga çiqqan Şuhrat Teşayev respublikada qişloq xöjaligi sohasini rivojlantiriş yölida amalga oşirilayotgan işlar, kiritilayotgan yangiliklar va tizimdagi özgarişlar haqida töxtaldi. U hududlarda zamonaviy suğoriş texnologiyalarini joriy etiş, eksport salohiyatini oşiriş, içki bozorni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlaş hamda fermer xöjaliklari faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan keng kölamli işlarni taʼkidladi. Şu bilan birga, dehqon va fermerlarning taşabbuslarini rağbatlantiriş, ularga ilmiy asoslangan agrotexnik tavsiyalar yetkaziş tizimini kuçaytiriş böyiça qilinayotgan işlarga eʼtibor qaratdi.
Yiğiliş doirasida taşkil etilgan sayyor qabul davomida fermer va klaster vakillari öz murojaatlari bilan çiqişdi. Yer ajratilişi, suğoriş imkoniyatlarini kengaytiriş, subsidiya va kredit masalalari, şuningdek, sohaga oid huquqiy masalalar böyiça kelib tuşgan murojaatlar mutasaddilar iştirokida joyida ijobiy hal etildi. Qolgan masalalar yuzasidan esa masʼullarga aniq muddatlar belgilangan topşiriqlar berildi.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, mazkur yiğiliş va sayyor qabul qişloq xöjaligida boşqaruv tizimini zamonaviylaştiriş, oçiq muloqotni yölga qöyiş va muammolarni joyida hal etiş yölidagi muhim qadam böldi. Bu jarayon agrar sohani yanada rivojlantiriş, faol fermerlarni qöllab-quvvatlaş hamda tizimda oşkoralikni taʼminlaşga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu kabi uçraşuvlar fermer va dehqonlarda işonç, taşabbuskorlik hamda mehnatga yangiça yondaşuv hissini mustahkamlaydi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶