Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini körsatiş böyiça maʼmuriy reglament tasdiqlandi
Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga intellektual faoliyat natijalari va innovatsiyalarni joriy etiş mexanizmlarini takomillaştiriş, mintaqaviy brendlarni yaratiş, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini oliş, intellektual mulkning işonçli huquqiy himoyasini taʼminlaş borasida izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-iyuldagi “Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini körsatiş böyiça maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlaş töğrisida”gi 427-sonli Qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
* Intellektual mulk obʼektlariga oid şartnomalarni röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatişning maʼmuriy reglamenti;
* Integral mikrosxemalar topologiyalarini röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatişning maʼmuriy reglamenti;
* Tovar kelib çiqqan joy nomi va tovar kelib çiqqan joy nomidan foydalaniş huquqini röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatişning maʼmuriy reglamenti.
Intellektual mulk obʼektlariga bölgan huquqlarni boşqa şaxsga ötkaziş töğrisidagi şartnoma, litsenziya va sublitsenziya şartnomasi intellektual mulk obʼektlariga oid şartnomalar hisoblanadi.
Davlat xizmati Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan körsatiladi.
Intellektual mulk obʼektlariga bölgan huquqlarni boşqa şaxsga ötkaziş töğrisidagi şartnoma, litsenziya yoki sublitsenziya şartnomasini yoxud litsenziya şartnomasiga kiritilgan özgartirişlarni röyxatdan ötkaziş böyiça arizalar şartnoma tomonlari yoki ularning biri hisoblangan yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud işonçli şaxs) orqali beriladi.
Litsenziya şartnomasini röyxatdan ötkaziş böyiça ariza, agar şartnomaning bir tarafi tomonidan berilganda, mazkur Reglamentga 2-ilovaga hamda şartnoma taraflari tomonidan berilganda, Reglamentga 2.1-ilovaga muvofiq şaklda vakolatli organga beriladi.
Intellektual mulk obʼektlariga bölgan huquqlarni boşqa şaxsga ötkaziş töğrisidagi şartnomani röyxatdan ötkaziş böyiça ariza, agar şartnomaning bir tarafi tomonidan berilganda, mazkur Reglamentga 3-ilovaga hamda şartnoma taraflari tomonidan berilganda, Reglamentga 3.1-ilovaga muvofiq şaklda vakolatli organga beriladi.
Litsenziya şartnomasiga tomonlar, şartnoma predmeti, amal qiliş muddati va hududi, ötkazilayotgan huquqlar hajmi bilan boğliq kiritilgan özgartirişlar vakolatli organda röyxatdan ötkazilişi lozim.
Integral mikrosxemalar topologiyalarini röyxatdan ötkazişga doir talabnomani topşiriş va davlat xizmatidan foydalaniş böyiça boşqa harakatlar nomiga röyxatdan ötkazilişi söralayotgan yuridik yoki jismoniy şaxs tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud işonçli şaxs) orqali amalga oşiriladi.
Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar işlab çiquvçi yoki tayyorlovçilarga maʼlum bölmagan topologiya boşqaça holat isbotlangunga qadar öziga xos deb eʼtirof etiladi.
Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar işlab çiquvçi yoki tayyorlovçilarga maʼlum bölgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, agar bunday elementlar yiğindisi Reglamentning 6-bandi talablariga töliq muvofiq bölganda huquqiy muhofaza beriladi.
Talabnoma bitta topologiyaga oid bölişi lozim.
Bazaviy matritsaviy kristall topologiyasini röyxatdan ötkazişga doir talabnoma bazaviy matritsaviy kristallning topologiyasiga oid, şuningdek, uning asosida amalga oşirilgan buyurtma topologiyaga oid materiallardan iborat bölişi mumkin.
Talabnoma quyidagi hujjatlarni öz içiga oladi:
* integral mikrosxemalar topologiyasini röyxatdan ötkaziş uçun ariza (keyingi örinlarda — ariza);
* topologiyani identifikatsiyalovçi materiallar;
* referat;
* topologiyadan birinçi marta foydalaniş sanasini tasdiqlovçi hujjat.
Avval foydalanilgan topologiyani röyxatdan ötkaziş uçun talabnoma undan birinçi marta foydalanilgan sanadan eʼtiboran ikki yildan oşmagan muddatda topşiriladi.
Boşqa tilda topşirilgan materiallarning tarjimalari talabnoma bilan bir paytda taqdim etilişi lozim.
Ariza uşbu Reglamentga muvofiq şaklda topşiriladi.
Arizaning 21-kodli “Talabnomaning qayd raqami” va 22-kodli “Talabnomaning kelib tuşgan sanasi” grafalari ariza vakolatli organga kelib tuşgandan keyin rekvizitlarni kiritiş uçun möljallangan.
Arizaning 71-kodli “Talabnoma beruvçi” grafasida talabnoma beruvçi töğrisida maʼlumotlar (yuridik şaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati böyiça) yoki jismoniy şaxsning töliq ismi) keltiriladi. Bunda:
* rezidentlar uçun STIR yoki JŞŞIR, joylaşgan yeri yoki turar joyi manzili;
* norezidentlar uçun ism va nomlarning transliteratsiyasi hamda BIMT ST.3 standarti böyiça mamlakat kodi (agar u örnatilgan bölsa);
* guvohnoma bir neça şaxs nomiga söralayotganda yuqorida keltirilgan maʼlumotlar ularning har biri uçun alohida körsatiladi.
Arizaning 54-kodli “Integral mikrosxemalar topologiyasining nomi” grafasida topologiyaning nomi va muqobil nomi (agar u mavjud bölsa) keltiriladi.
Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasining eng yaqin analogi haqida maʼlumotlar” grafasida topologiyaning eng yaqin analogi haqida zaruriy bibliografik maʼlumotlar röyxati keltiriladi.
Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasidan birinçi marta foydalanilgan sana va joy nomi” grafasida topologiyadan birinçi marta foydalanilgan sana va joy nomi körsatiladi.
Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasidan birinçi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasi haqida maʼlumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyadan birinçi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasining ismi (nomi), joylaşgan yeri (poçta manzili) körsatiladi.
Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasini yaratişda foydalanilgan ilgari muhofazaga olingan topologiyalar haqida maʼlumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyani yaratişda foydalanilgan, muhofazaga olingan topologiyalar haqida zaruriy bibliografik maʼlumotlar keltiriladi.
Arizaning 98-kodli “Yozişmalar uçun manzil” grafasida xat oluvçining nomi (yuridik şaxslar uçun) yoki ismi (jismoniy şaxslar uçun), şuningdek, joylaşgan yeri (poçta manzili), telefon raqami, elektron poçtasidan kamida bittasi körsatiladi. Uşbu maʼlumotlar uçinçi şaxslar huquq egasi bilan boğlanişi uçun oçiq hisoblanadi.
Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar” grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.
Arizaning 72-kodli “Muallif” grafasida muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi körsatiladi. Bunda:
* rezidentlar uçun JŞŞIR, iş joyi, lavozimi va ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti böyiça mamlakat kodi;
* norezidentlar uçun BIMT ST.3 standarti böyiça mamlakat kodi (agar u belgilangan bölsa) qöşimça ravişda körsatilişi lozim.
Topologiya va uning identifikatsiyasini taʼminlovçi materiallar, şu jumladan, referat Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi örinlarda — Markaz) tomonidan depozitga qöyiladi.
Integral mikrosxemalar topologiyalarini röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatidan foydalanişda:
* rezidentlar vakolatli organning maxsus axborot tizimi, Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;
* norezidentlar davlat xizmatidan foydalaniş uçun axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topşiradi.
Talabnoma vakolatli organga poçta aloqasi orqali ham topşirilişi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan zudlik bilan axborot tizimiga kiritiladi.
Talabnoma berganlik uçun patent boji tölovi talabnoma axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida şakllantirilgan (kiritilgan) sanadan boşlab uç oy muddatda amalga oşirilişi kerak.
Mazkur qarorga asosan tovar kelib çiqqan joy nomi va tovar kelib çiqqan joy nomidan foydalaniş huquqini röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatiş belgilangan.
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boşqa geografik obʼektning tovarni belgilaş uçun işlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur geografik obʼektga xos tabiiy şaroitlar bilan yoki boşqa omillar yoxud tabiiy şaroitlar va uşbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib çiqqan joy nomi hisoblanadi.
Davlat xizmati Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan körsatiladi.
Tovar kelib çiqqan joy nomi mazkur geografik obʼektda joylaşgan, nomi özlari işlab çiqarayotgan tovarni belgilaş uçun işlatiladigan bir yoki bir neça yuridik yoki jismoniy şaxs tomonidan röyxatdan ötkazilişi mumkin.
Tovar kelib çiqqan joy nomi va tovar kelib çiqqan joy nomidan foydalaniş böyiça boşqa harakatlar röyxatdan ötkazişni sörayotgan yuridik va jismoniy şaxs tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud işonçli şaxs) orqali amalga oşiriladi.
Umida Saparbayeva Rimbayevna, Amudaryo tumani Adliya bölimi Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶