Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan “Jamiyatimizni korruptsiyadan birgalikda xalos etaylik!” şiori ostida tarğibot tadbiri ötkazildi
Korruptsiyaga qarşi kuraşişda davlat organlari, jamoatçilik va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi muhim örin tutadi. Xususan, jamoatçilikning xabardorligini oşiriş, sohaga oid huquqiy bilimlarni keng ommaga yetkaziş, aholi, ayniqsa, davlat xizmatçilari örtasida halollik, masʼuliyat va javobgarlik hissini şakllantiriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Masalaning dolzarbligi şundaki, juda köp holatlarda oddiy fuqarolar özlarining huquqiy jihatdan bilimsizligi natijasida bilib-bilmay aldov, firibgarlik, tovlamaçilik, odam savdosi bilan boğliq jinoyatlar va huquqbuzarliklar qurboniga aylanib qolayotganidir. Şu bois huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan davlat xizmatçilari, jamoat taşkilotlari masʼullari va aholi vakillari bilan joylarga çiqqan holda tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari ötkazilib, bu tadbirlarda barça yoş toifasidagi fuqarolarning iştiroki taʼminlanmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri Amudaryo tuman elektr taʼminoti va tuman gaz taʼminoti korxonalarida ham ötkazildi. “Jamiyatimizni korruptsiyadan birgalikda xalos etaylik!” şiori ostida Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan işlab çiqilgan tadbirlar rejasi asosida taşkil etilgan mazkur tarğibot tadbirida tuman elektr va gaz taʼminoti korxonalari xodimlari iştirok etdi.
Tadbir taşkilotçilari dastlab tuman elektr taʼminoti korxonasida masʼullar, muhandis-texnik xodimlari va işçilari bilan muloqot ötkazdilar. Unda Amudaryo tumani prokurorining katta yordamçisi Şaryar Joldasov tadbir iştirokçilariga korruptsiyaning jamiyat va davlat rivojiga salbiy taʼsiri, uning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oşiriş masalalari xususida batafsil maʼlumotlar berdi. Şu bilan birga, hayotimizning barça jabhalaridagi muammoli masalalarni pora oldi-berdisi, taniş-bilişçilik yoki oşna-oğaynigarçilik orqali hal etişga yöl qöymaslik töğrisida zarur tuşunçalarni yetkazdi.
Tadbirda sözga çiqqan Amudaryo tumani elektr taʼminoti korxonasi masʼullari jamiyatimizda eng köp uçraydigan korruptsiyaviy holatlar hamda ularning oldini oliş böyiça öz fikrlarini bildirib, atrofliça muhokama olib bordilar. Şuningdek, tadbir davomida iştirokçilarga korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy qonunçilik haqida ham keng turda maʼlumotlar berildi. Unda korruptsion holatlarning oldini oliş, manfaatlar töqnaşuvi, şaffoflik va javobgarlikni taʼminlaşga oid muhim normalar öz ifodasini topgan.
Şu kuni “Jamiyatimizni korruptsiyadan birgalikda xalos etaylik!” şiori ostida Amudaryo tuman gaz taʼminoti korxonasi masʼullari, muhandis-texnik xodimlar va işçilari iştirokida ham davra suhbati taşkil qilindi. Tadbirda sözga çiqqan korxona rahbari Jasur Yerimbetov va boşqalar jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptiriş, davlat xizmatçilarining halollik va masʼuliyatni öz vazifalarining ustuvor tamoyiliga aylantirişi — yurtimizda huquqiy demokratik davlat va kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladilar.
Aytiş joizki, uşbu illatga qarşi kuraşişda nafaqat davlat organlari, balki ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari ham faol iştirok etmoqda. “Taraqqiyot közgusi” gazetasi va Amudaryo televideniyesi tahririyatlari Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Biz korruptsiyaga qarşimiz!”, “Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid!” mavzularidagi grant loyihalari doirasida huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari bilan hamkorlikda amalga oşirayotgan tarğibot-taşviqot tadbirlari ham özining ijobiy samarasini bermoqda.
Bu kabi tarğibot-taşviqot işlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ahamiyati beqiyos. Çunki barça böğinlardagi davlat xizmatçilari va mansabdor şaxslarning öz xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarişi köp jihatdan ular rahbarlik qilayotgan korxona va taşkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, qolaversa, oddiy fuqarolarning ham bu borada zarur huquqiy bilimga ega bölişlariga boğliq. Jamiyatning barça böğinlarida fuqarolar ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantiriş esa bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶