Amudaryo tumanida paxta yetiştiriş jarayonlari töliq nazorat ostida
Qişloq xöjaligi sohasida mavsumiy agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida, sifatli amalga oşirilişi yuqori hosil olişdan taşqari, ekin maydonlarining sifati va samaradorligini ham oşiriş imkonini beradi. Ayniqsa, paxta ekiladigan maydonlarda tuproq eroziyasining oldini oliş, yerning haddan taşqari şörlanişi yoki tuproqning hosildor qatlami zararlanib, çim bosib ketişi nafaqat ekinlar hosildorligining kamayişiga, balki yerning maʼlum maʼnoda yaroqsiz holatga kelib qolişiga sabab böladi.
Bunday köngilsiz holatlarning oldini oliş maqsadida mohir dehqonlar, fermerlar ekin maydonlarining hosildorligini oşirişning barça çoralarini köradilar. Xususan, dehqonçilik madaniyatini oşiriş maqsadida barça mavsumiy işlarni agrotexnika talablari darajasida amalga oşiriş, ayniqsa, paxtaçilikda sohaga ilğor tajribalarni keng joriy etiş orqali malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda iş yuritişlari tufayli yuqori natijalarga erişadilar.
Amudaryo tumanida joriy yilgi paxta mavsumida 13 ming gektar yer maydoniga paxta ekildi. Hozirgi kunda dalalarda suvdan keyingi şudgorlaş, oziqlantiriş va çilpiş işlari agrotexnika qoidalariga muvofiq sifatli amalga oşirilmoqda. Uşbu jarayonlar ustidan Agroinspektsiya tomonidan töliq nazorat örnatilgan bölib, işlarning samarali va öz vaqtida bajarilişi muntazam ravişda monitoring qilib borilmoqda.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, suvdan keyingi şudgorlaş jarayoni tuproqning donadorligini oşirib, yerni yumşatiş, begona ötlarni yöqotiş hamda namni saqlaş orqali ösimlikning soğlom rivojlanişiga xizmat qiladi. Şu bois, tumandagi barça fermer xöjaliklarida mavsumning bu muhim işlarini belgilangan muddat va agrotexnik talablar asosida bajarişga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, dalalarda çilpiş işlarini sifatli amalga oşiriş juda katta ahamiyatga ega. Çunki bu jarayon paxta ösimligining soğlom rivojlanişini taʼminlaşdan taşqari, hosil nişonalarining sonini köpaytiradi va kelgusida hosildorlikka ijobiy taʼsir körsatadi.
Bundan taşqari, mavsumiy agrotexnik tadbirlar – öğitlaş, ğözani begona ötlardan tozalaş, zararkunanda haşoratlarga qarşi kimyoviy işlov beriş işlari ham tizimli ravişda olib borilmoqda. Amalga oşirilayotgan agrotexnik çora-tadbirlarning barçasi yuqori hosil oliş va paxtaning sifat körsatkiçlarini yaxşilaşga qaratilgan.
Şu bilan birga, Agroinspektsiya mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi fermer xöjaliklari dalalarida yetiştirilayotgan paxta hosilini çamalaş işlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Unga köra, dalalardagi ösimliklarning rivojlaniş holati, gullaş darajasi va hosil tugiş körsatkiçlari örganilib, kutilayotgan hosil hajmi böyiça dastlabki tahliliy va taxminiy hisob-kitoblar qilinmoqda. Bu boradagi maʼlumotlar kelgusi yiğim-terim mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş imkonini beradi.
Agroinspektsiya mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan örganişlar böyiça taqdim etilgan xulosalarga köra, dalalarda qatʼiy uzviylik asosida amalga oşirilgan mavsumiy agrotexnik tadbirlar — çilla suviga qondirib suğorilgan ğöza qator oralarini şudgorlaş, çilpiş, zararkunanda haşoratlarga qarşi kimyoviy kuraşiş va hosilni çamalaş işlarining puxta olib borilişi tufayli Amudaryo tumanida bu yil ham yuqori hosil oliş uçun mustahkam zamin yaratilmoqda.
Ravşan Bahromov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶