“Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasida davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida korruptsiyaga qarşi kuraşiş va bolalarning soğlom ovqatlanişiga qaratilgan işlar örganildi
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi Qoraqalpoğiston bölinmasi tomonidan moliyalaştirilgan “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasida “Amudaryo televideniyesi” tahririyati tomonidan bir qator tadbirlar belgilangan.
Yaqinda loyiha doirasida “Amudaryo TV” telekanali jurnalist va muxbirlari tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi bilan hamkorlikda davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida korruptsiyaga qarşi kuraşiş va bolalarning soğlom ovqatlanişini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar holatini örgandi.
Xususan, 40-, 43- va 7-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyati tahlil qilinib, uşbu muassasalardagi ovqatlaniş tizimi, boşqaruvning şaffofligi hamda fuqarolik nazoratini taʼminlaş holatiga eʼtibor qaratildi. Bunday amaliy monitoringlar orqali taʼlim muassasalarida şaffof boşqaruvni taʼminlaş, bolalar uçun xavfsiz va soğlom muhit yaratişga xizmat qiladigan mexanizmlarni takomillaştiriş maqsad qilingan.
Şu bilan birga, mazkur jarayonda korruptsiyaviy holatlarning oldini oliş, manfaatlar töqnaşuvi ehtimolini bartaraf etiş hamda halollik tamoyillariga asoslangan boşqaruv tizimini mustahkamlaş loyihaning ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilangan.
40-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti Gulzor mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan bölib, bugungi kunda 6 ta guruhda 180 nafar bola taʼlim-tarbiya olmoqda. 2022-yildan boşlab muassasada ovqatlaniş xizmati autsorsing tizimi asosida taşkil etilgan. Uşbu tizim taʼlim muassasasi maʼmuriyatini ovqatlaniş bilan boğliq taşkiliy, moliyaviy va sanitariya masalalaridan çegaralab, bolalar taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratiş imkonini yaratgan. Şu orqali sifatli mahsulotlarni öz vaqtida yetkazib beriş, taomlar turliligini taʼminlaş va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etiş bilan bir qatorda, korruptsiyaviy xavf-xatarlarning oldi olinişiga ham erişilgan.
43-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan bölib, bugungi kunda 206 nafar bola taʼlim-tarbiya olmoqda. Bu yerda 42 nafar işçi-xodim faoliyat yuritmoqda. 2022-yildan buyon uşbu muassasada ham ovqatlaniş xizmati autsorsing asosida taşkil etilgan. Muassasada soğlom ovqatlanişni samarali yölga qöyiş, sanitariya va gigiyena talablariga töliq rioya etiş, bolalarni töyimli va xavfsiz taomlar bilan taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şuningdek, ratsional ovqatlaniş madaniyatini şakllantiriş orqali taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligi oşirilmoqda.
7-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti Döstlik mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan bölib, bugungi kunda 5 ta guruhda 150 nafar bola taʼlim-tarbiya olmoqda. Muassasada ham bolalarni soğlom va xavfsiz ovqatlantirişga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Ovqatlaniş jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifati kafolatlangan. Taom tayyorlaşning har bir bosqiçida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilinadi. Şu bilan birga, bolalarda soğlom ovqatlanişga oid asosiy könikmalarni şakllantiriş va ratsional ovqatlaniş madaniyatini yoşlikdan singdiriş işlari tizimli olib borilmoqda. Yuqumli kasalliklarning oldini oliş maqsadida doimiy tibbiy nazorat yölga qöyilgan.
Aytiş joizki, örganişlar davomida 40-, 43- va 7-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida soğlom va xavfsiz ovqatlanişni taşkil etiş borasida tegişli sanitariya-gigiyena hamda epidemiyaga qarşi çora-tadbirlar samarali yölga qöyilgani aniqlandi. Mazkur monitoring jarayonlari maktabgaça taʼlim muassasalarida korruptsiyaga qarşi samarali mexanizmlarni şakllantiriş va fuqarolik jamiyatining roli muhimligini yana bir bor tasdiqlamoqda.
ROBIYa YÖLDOŞEVA, ŞOHZOD QURBONBOYeV, loyiha koordinatorlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶