Çegara himoyaçilari uçun maʼdaniy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi
Sanʼat inson qalbiga nur bağişlaydi, ruhini yuksaltirib, maʼnaviy dunyosiga ijobiy taʼsir körsatadi. Ayniqsa, kuy va söz uyğunligida namoyon böladigan ijod — inson ruhiyatini yuksaltiruvçi beqiyos qudratdir. Madaniyat inson hayotida çuqur maʼnoga ega bölib, har qanday şaroitda ham yaxşilik va ezgulikka çorlaydi. Şu jihatdan, mamlakatimizning çegaraoldi hududlarida xizmat olib borayotgan yurt posbonlari uçun madaniy-maʼnaviy tadbirlarning taşkil etilişi muhim ahamiyat kasb etadi.
Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari Aşula va raqs ansambli tomonidan çegaraoldi hududlarda xizmat olib borayotgan harbiylar hamda mahalliy aholi uçun kontsert dasturlari muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda.
Şu kabi tadbirlardan biri yaqinda Qiliçboy ovulidagi Madaniyat markazi binosida bölib ötdi. Unda harbiy xizmatçilar, ularning oila aʼzolari, oddiy askarlar, mahalliy aholi va yoşlar faol iştirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi — çegara hududida xizmat qilayotgan harbiylarning maʼnaviy olamini boyitiş, ularda Vatanga sadoqat, masʼuliyat va jangovar şaylik tuyğusini mustahkamlaş, şu bilan birga, madaniy hordiq çiqariş imkonini yaratişdan iborat.
Tadbir davomida sözga çiqqan masʼullar tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari Aşula va raqs ansamblining faoliyati alohida eʼtirof etildi. Mazkur ijodiy jamoa öz faoliyati davomida mamlakatimizning eng olis hududlarida xizmat olib borayotgan, davlat çegaralari daxlsizligini taʼminlayotgan jasur öğlonlarga jangovar ruh bağişlaş, ularda vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaşda munosib hissa qöşayotgani taʼkidlandi.
Ansambl ijrosidagi milliy va zamonaviy kuy-qöşiqlar, taniqli sanʼatkorlar, yoş ijodkorlar va söz ustalari iştirokidagi çiqişlar tadbirga tantanavorlik bağişladi. Ayniqsa, vatanparvarlik ruhida yangragan kuy-qöşiqlar iştirokçilar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.
Kontsert dasturi çegara hududida xizmat qilayotgan harbiylar, ularning yaqinlari va mahalliy aholi uçun madaniy hordiq çiqariş, maʼnaviy olamini boyitişga xizmat qildi. Şuningdek, tadbir doirasida vatanparvarlik tarğibotiga qaratilgan oçiq muloqotlar, savol-javoblar ham taşkil etildi.
Uşbu muloqotlar orqali yoşlar harbiy xizmatning muqaddas burç ekanini yanada çuqurroq angladilar. Vatanga sadoqat va fidoyilik, milliy armiyamizga hurmat kabi yuksak tuyğular qalblarida yanada mustahkamlandi.
Darhaqiqat, sanʼat qalblarni boğlaydi. Çegara himoyaçilari uçun taşkil etilayotgan bunday tadbirlar nafaqat madaniy hordiq, balki Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini mustahkamlovçi muhim vositadir. Çegara qöşinlari Aşula va raqs ansambli ijrosida yaratilayotgan badiiy asarlar, vatanparvarlik ruhidagi kuy va raqslar xalqimiz ğururi, jasorati va mustaqilligimizning haqiqiy ifodasi sanaladi.
Uşbu jöşqin sadolar Ona Vatanimizning muqaddas sarhadlari uzra abadiy jaranglab tursin!
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶