Nogironligi bölgan şaxslar bandligini taʼminlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi
Jamiyatda ijtimoiy tenglikni taʼminlaş va mehnat bozorida imkoniyati çeklangan insonlarning iştirokiga keng yöl oçiş maqsadida mamlakatimizda muhim huquqiy hujjat qabul qilindi. Hukumatning 2025-yil 1-iyuldagi tegişli qarori bilan “Nogironligi bölgan şaxslar bandligini taʼminlaşga kömaklaşiş, ularning mehnat faoliyatini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Uşbu nizom nogironligi bölgan şaxslarni iş bilan taʼminlaşni amalga oşirayotgan tadbirkorlik subʼektlarini va xususiy bandlik agentliklarini qöllab-quvvatlaşning aniq va tizimli mexanizmlarini belgilab berdi. Endilikda bunday faoliyatni amalga oşirayotgan tadbirkorlar bandlikka kömaklaşiş va iş joylarini moslaştiriş uçun subsidiya oliş huquqiga ega böladi.
Mazkur çora-tadbirlarni samarali taşkil etiş maqsadida “Nogironligi bölgan şaxslar bandligiga kömaklaşiş elektron reyestri” axborot moduli yuritiladi. Bu reyestr orqali himoyaga muhtoj şaxslarning röyxati, iş beruvçilar va amalga oşirilayotgan qöllab-quvvatlaş çoralari elektron ravişda baholab boriladi.
Uşbu subsidiya quyidagi talablarga javob beradigan tadbirkorlarga beriladi:
– Elektron reyestrda röyxatda turgan I yoki II guruh nogironligi bölgan şaxsni kamida 3 oy davomida rasmiy va uzluksiz iş bilan taʼminlagan;
– Har oyda uşbu şaxsga belgilangan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bölmagan iş haqi tölagan.
Bu tartib nafaqat iş beruvçilarni ijtimoiy masʼuliyatga undaydi, balki nogironligi bölgan fuqarolarning iqtisodiy faolligini ham oşirişga xizmat qiladi.
Iş joylarini moslaştiriş subsidiyasi esa I va (yoki) II guruh nogironligi bölgan şaxslar uçun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini taşkil etgan tadbirkorlarga 50 million sömgaça miqdorda beriladi.
Subsidiyalar miqdori BHM (bazaviy hisoblaş miqdori) asosida hisoblanadi:
– Surdotarjimon xizmati uçun – BHMning 8 baravari;
– Psixolog xizmati uçun – BHMning 10 baravari;
– Hamrohlik xizmati uçun – BHMning 5 baravari.
Tadbirkorlar uşbu subsidiyalarga daʼvogarlik qiliş uçun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yoki YaIDXP (my.gov.uz) portalidagi elektron sörovnomani töldirgan holda ariza berişlari mumkin. Bu jarayon avtomatlaştirilgan bölib, oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶