MATBUOT VA OAV – XALQNI YuKSAK MARRALAR SARI RUHLANTIRUVÇI KUÇ
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Zamon va makonda, vaqt silsilasida axborotga bölgan taşnalikni qondirişga bölgan intilişlari tufayli insoniyat yangi-yangi ixtirolarni kaşf etdi. Yozuv ixtiro qilingaç, axborotni saqlaş va uzatişda inqilob röy berdi. Toşlar, papiruslar, pergamentlar va keyinçalik qoğozga yozilgan xatlar, farmonlar, yilnomalar axborot tarqatişning dastlabki yozma şakllari edi. XV asr örtalarida bosma dastgohining ixtiro qilinişi OAV rivojlanişida buriliş yasadi. XVII asr boşlariga kelib Yevropa şaharlarida ilk gazetalar paydo böldi. XX asr boşlarida radioning, asr örtalarida televideniyening ommalaşuvi axborot tarqatişda inqilob yasadi. XXI asr boşlarida internetning ommalaşuvi va keng tarqalişi esa OAV faoliyatini butunlay özgartirib yubordi. Onlayn naşrlar, yangiliklar portallari va bloglar paydo böldi.
Mamlakatimizda milliy jurnalistikaning uyğoniş davri XIX asr oxiri – XX asr boşlariga borib taqaladi. 1906-yilda "Taraqqiy" gazetasining paydo bölişi bilan boşlangan va köp yillik tarixga ega özbek matbuoti neça yillar davomida xalq manfaati va kelajagini közlab amalga oşirilayotgan jamiki ezgu işlarning tarğibotçisi sifatida xizmat qilib kelmoqda.
Tumanimiz matbuoti ham özining şonli tarixiga ega. Bundan roppa-rosa 91-yil muqaddam, 1934-yilning sentyabr oyida ilk soni naşrdan çiqqan, davr va zamon taqozosiga köra, turli yillarda turli nom bilan çop etilib, xalq qalbidan munosib joy olgan, ayni paytda “Taraqqiyot közgusi” nomi bilan amudaryoliklar hayotining solnomasiga aylangan gazeta xalqni yuksak taraqqiyot sari ilhomlantiruvçi beminnat tarğibotçi vazifasini şaraf bilan ado etib kelmoqda.
Har davrning öz sinovlari, qiyinçiliklari böladi. Taʼbir joiz bölsa, XX asrning oxiri va yangi asrimizning ilk yillari özbek jurnalistikasi tarixida bozor munosabatlariga ötiş davrining murakkabliklari bilan çuqur iz qoldirdi. Sobiq sovet tuzumining parçalanib ketişi ortidan kelgan iqtisodiy inqiroz tuman gazetalari tahririyatlari uçun qiyin vaziyatlarni yuzaga keltirdi.
Şunday bölsa-da, iqtisodiyotdagi taqçillik, aholi daromadlarining keskin pasayib ketişi bilan boğliq muammolar girdobida qolgan xalq, töğrisi, özlarining eng sevimli va ommaviy naşri – tuman gazetasini unutib qöymadi. Xalqning qöllab-quvvatlaşi, ijodiy jamoaning hamjihatligi bois, gazeta nafaqat öz davriyligini saqlab qoldi, balki Qoraqalpoğiston Respublikasidagina emas, mamlakatimiz miqyosida eng namunali, öqişli va xalqqa yaqin davriy naşrlardan biriga aylandi.
Bugun nafaqat tuman gazetasi, balki 2010-yilda iş boşlagan Amudaryo televideniyesi, 2012-yilda Qoraqalpoğistonda birinçi bölib internet tarmoğida mustaqil OAV sifatida röyxatdan ötgan amunews.uz veb sayti ham özining minglab muxlislari va kuzatuvçilariga ega. Şunisi quvonçliki, mazkur OAVlari bugungi kunda milliy axborot maydonida tobora mustahkam örin egallab, zamon talablari darajasida tobora yangilanib bormoqda. Tahririyat ijodkorlari va faxriylari taşabbusi bilan taşkil qilingan “Jayxun ilhomlari” NNT esa yoş ijodkorlarni kaşf qilib, ularni qöllab-quvvatlab, yuksalişiga xizmat qilib kelmoqda.
Samarali va izçil çora-tadbirlar tufayli “ATV” telekanalining efir vaqti va qamrov hududi kengayib, biri-biridan mazmundor körsatuvlari bilan nafaqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, balki qöşni Xorazm viloyati va qardoş Turkmaniston Respublikasining köplab tumanlaridagi xonadonlarga kirib bordi. Jurnalistika sohasiga katta qiziqiş bilan kirib kelayotgan yoş ijodkorlar tomonidan tayyorlanib, efirga uzatilayotgan turli mavzulardagi ommabop teledasturlar, mualliflik körsatuvlarining tomoşabinlari, telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari obunaçilari kun sayin ortib bormoqda.
Amudaryo tuman matbuotiga ilk tamal toşi qöyilgan kunga yaqinda 91-yil töladi. 91-yil – tarix uçun bir kiprik qoqgulik davr. Lekin bu yillarning maşaqqatli, zalvorli yukini yelkalab, xalqqa maʼrifat va maʼnaviyat ulaşişdek şarafli vazifani ado etgan, jurnalistik faoliyatni özlarining taqdiri sifatida qabul qilib, ijod maydonida dadil qalam tebratgan ustozlar nazari bilan tahlil qilinsa, 91-yil – çinakam jasorat va matonat yillari sifatida tarixga muhrlanganini anglaş qiyin emas.
91 yillik fidoyi ijod maşaqqatlari ortida tunni tongga ulab, xalqqa maʼnaviyat va maʼrifat ulaşgan ustozlar, yoş avlod taʼlim-tarbiyasi uçun özlarini masʼul deb bilgan, milliy-maʼnaviy qadriyatlar tarğiboti, özlikni anglaş sari qöyilgan qadamlarga qanot bölgan ijodkorlar har lahza qadlarini tik tutib kelaveradi. Ular bugungi baxtiyor kunlarimizning ijodkorlari, ilhomçilari, elim, yurtim, xalqim, degan millat fidoyilari!
Har gal 27-iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni, milliy matbuotimiz taşkil topgan sana munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz tomonidan mehnatlari alohida eʼtirof etilib, yuksak hurmat va eʼtibor körsatiladigan ijod ahli uçun bu qutluğ kun misoli igna bilan quduq qazigan kabi sermaşaqqat mehnatlarining qadri hamişa baland bölişini eslatib turuvçi ayyomdir.
Ana şu qutluğ sana munosabati bilan mamlakatimizda, şu barobarida Amudaryo tumanida yaşab, ijod etayotgan qalam ahlini, öz hayotlarini milliy jurnalistika sohasini rivojlantiriş, xalqimizni yangi marralar sari ruhlantirib, hayotsevarlikka daʼvat etişdek şarafli va maşaqqatli vazifani ado etişga bağişlagan ustoz jurnalistlar va yoş ijodkorlarni anʼanaviy kasb bayramlari – Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni bilan çin dildan muborakbod etamiz.
Ijod qilişdan, xalq dardi, quvonç va taşvişlariga mardonalik bilan yelka tutib yaşaşdan aslo çarçamang, deymiz.
TAHRIRIYaT

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶