Amudaryo tumanida keng kölamli obodonlaştiriş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda
Amudaryo tumanida sönggi yillarda aholining turmuş sifatini oşiriş, hududlarni obod qiliş, infratuzilmalarni yaxşilaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, içki yöllarning holatini yaxşilaş böyiça amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar eʼtiborga loyiqdir. Tumanda keng kölamda içki yöllarga qum-şağal aralaşmani yotqiziş, yöl çetlarini tozalaş va obodonlaştiriş işlari olib borildi hamda bu boradagi işlar davom etmoqda. Navbatdagi bosqiçda tumanning Boğ, Daryo böyi, Çoyköl va Xizr eli ovul hamda mahallalaridagi içki köçalarga qum-şağal aralaşmasi töşaş işlari boşlab yuborildi. Bu taşabbus respublika miqyosidagi rahbarlar iştirokida bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Mazkur jarayon Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi Tursunxon Xudoybergenov boşçiligida, vazirlik va idoralar rahbarlari iştirokida taşkil etildi. Taşrif davomida mutasaddilar bevosita joylarga çiqqan holda, amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi, kamçiliklar va imkoniyatlarni joyida közdan keçirdilar. Ularning joylarga çiqib, aholi bilan bevosita muloqot qilgani, mavjud muammolarni örganib, joyida hal etişga qaratilgan harakati aholi tomonidan iliq qarşi olindi.
Taʼkidlaş kerakki, içki yöllarning holati har bir mahallaning qiyofasi, har bir fuqaroning kundalik hayotiga bevosita taʼsir körsatadi. Aynan şu jihat inobatga olinib, tumanning eng oğriqli nuqtalaridan biri bölgan içki yöllarni taʼmirlaş masalasi rahbarlar tomonidan ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu işlarga mutaxassislar va zarur texnikalar safarbar qilinib, talab qilinadigan quriliş materiallari öz vaqtida yetkazib berilmoqda va qisqa muddat içida bir neçta hududdagi yöllarga qum-şağal aralaşmalari yotqizildi.
Bir kunning özida örtaça tört mahalla hududidagi umumiy uzunligi 2 kilometrdan ortiq bölgan içki yöllarga qum-şağal aralaşmasi yotqizilmoqda. Qolaversa, yöl yuzalari tekislanib, aholining harakatlanişiga qulaylik yaratilmoqda. Şuningdek, aholi ham uşbu xayrli işga öz hissasini qöşib, yöl çetlarini obodonlaştiriş, yöl atrofini çiqindilardan tozalaş, daraxtlar ostini yumşatiş, oqova suvlarning töğri oqişini taʼminlaş uçun ariqlarni tozalaş kabi işlarda faol iştirok qilişmoqda. Zero, yöllarning obod bölişi ijtimoiy kayfiyatni kötarib, transport vositalarining harakatini osonlaştiradi va odamlarning davlatga bölgan işonçini mustahkamlaydi.
Uzoq yillardan beri taʼmir körmagan, qişda loy, yozda çang-tözon bölib qoladigan yöllar endilikda aholi va transport vositalarining emin-erkin harakatlanişga imkon bermoqda. Bu esa tumanning iqtisodiy va ijtimoiy faolligi oşişiga ham xizmat qiladi.
Tumanimizda keng kölamda amalga oşirilayotgan içki yöllarni taʼmirlaş işlari islohotlar amalda qanday natija berayotganining yorqin misolidir. Bu muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uçun” tamoyilining amaldagi ifodasidir. Endilikda bu ravon yöllar nafaqat manzillarni, balki köngillarni bir-biriga boğlab, xalqning orzu-umidlari röyobi, kelajakka işonçi sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶