AMUDARYo TUMANIDAGI 56-SONLI MAKTABDA “JASORAT SINFI” TAŞKIL ETILDI
Esini tanigan öğil bola borki, ulğaygaç, albatta harbiy libos kiyişni, qölida qurol tutib, ona Vatan himoyaçisi degan şarafli nomga ega bölişni orzu qiladi. Mamlakatimizda ana şunday uluğvor tuyğular oğuşida, qalblarida harbiy hayotga bölgan mehr va intiliş bilan yaşayotgan yoş avlodni qöllab-quvvatlaş, ularning ezgu orzularini röyobga çiqarişlarida kömaklaşiş maqsadida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar esa vatanparvar, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sadoqatli, harbiy böliş, ona Vatanga sidqidildan xizmat qilişni özlari uçun yuksak şon-şaraf deb bilguvçi Yangi Özbekistonning olovqalb yoşlarini kaşf etiş imkonini bermoqda.
Prezidentimiz rahbarligida 2023-yilning 13-yanvar kuni ötkazilgan Özbekiston Respublikasi Xavfsizlik Kengaşining kengaytirilgan yiğilişida Özbekistonning davlat suvereniteti, daxlsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlaş – tarix va kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burç ekani taʼkidlanib, qator vazifalar qöyilgan edi.
Uşbu yönalişdagi işlarni yanada takomillaştiriş maqsadida 2024-yilning 15-noyabr sanasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Öquvçi-yoşlarni çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorlaş tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 393-sonli qarori qabul qilindi va uşbu Qaror bilan mamlakatimizning barça hududlarida “Jasorat maktablari”, har bir tumanda esa Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablaridan birida “Jasorat sinflari”ni taşkil etiş belgilab berildi.
“Jasorat maktablari”ni taşkil etişdan maqsad ösib kelayotgan yoş avlodni harbiy-vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalaş, ularning ongiga tinçlik va millatlararo totuvlikni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş zarurligini çuqur singdiriş, yoşlarning barça yönalişlarda bilim va könikmalarini oşiriş, “Özbekiston—2030” strategiyasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantiriş böyiça belgilangan keng kölamli vazifalarni samarali amalga oşiriş orqali öquvçi-yoşlarni çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorlaş tizimini yangi bosqiçga olib çiqişdan iborat.
Uşbu keng kölamli vazifalarni amalga oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirligi hamda Mudofaa Vazirligining 2025-yil 23-maydagi qöşma Qarori asosida “Umumiy örta taʼlim muassasalaridagi “Jasorat maktablari”ga öquvçilarni qabul qiliş va öquv-tarbiyaviy jarayonini taşkil etiş tartibi töğrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
Uşbu Nizom talablaridan kelib çiqib, ana şunday “Jasorat maktabi”ning ilk “Jasorat sinfi” Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabida ham taşkil etilib, joriy yilning 2-iyun sanasidan mazkur sinfga öquvçilarni qabul qiliş jarayoni boşlandi.
Mazkur Nizom talabiga köra, “Jasorat sinfi”ga umumtaʼlim maktablarining 4-sinfini bitirgan öquvçilar 5-sinf uçun qabul qilinadi va öqiş muddati 7-yildan iborat böladi.
Taʼlim jarayonlari 5-11-sinflarda kunduzgi taʼlim şaklida, umumtaʼlim muassasalari uçun belgilangan davlat taʼlim mezonlariga muvofiq amalga oşiriladi va “Jasorat sinfi”ga 26 nafar öquvçi şaffoflik asosida taşkillaştiriladigan test sinovlari orqali tanlab olinadi. Sinfda matematika, çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik, tarix, jismoniy tarbiya, çet tili va fizika fanlari çuqurlaştirilgan tarzda öqitiladi. Öquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har çorakda bir marta harbiy qismlarda maşğulotlar olib boriladi. Şuningdek, 9-sinfni bitirgan öquvçilarga tayanç örta taʼlim töğrisidagi, 11-sinfni yakunlaganlarga umumiy örta taʼlim töğrisidagi şahodatnoma beriladi.
“Jasorat maktablari”ni aʼlo baholarga bitirgan va “Vatan tayançi” otryadining aʼzosi bölgan bir nafar öquvçiga Mudofaa Vazirligi tomonidan oliy harbiy va harbiylaştirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun imtiyozli tavsiyanoma taqdim etiladi.
Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabida taşkil etilgan ilk “Jasorat sinfi”ga qabul jarayonining birinçi kunidayoq 10 nafardan ziyod öquvçilar kelajakda ona Vatan himoyaçisi böliş istagini bildirib, hujjat topşirişdi.
Ayni paytda maktabga qabul jarayoni uyuşqoqlik bilan davom etmoqda. Öz farzandlarining orzu-intilişlarini qöllab-quvvatlaş istagida bölgan ota onalar taʼlim-tarbiya işlari yaxşi yölga qöyilgan 56-sonli maktab negizida ilk faoliyatini boşlayotgan “Jasorat sinfi” öquvçilari kelajakda haqiqiy vatanparvar, jasoratli insonlar bölib voyaga yetişlariga katta işonç bildirişmoqda. Zero, vatanparvarlik – xalqimiz uçun oliy qadriyat, ana şu qadriyatga sodiqlik esa çinakam jasorat timsolidir.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶