14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 18:54
Jamiyat 👁 189

Amudaryo tumanida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi

Amudaryo tumanida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Amudaryo tumani Istirohat bogʻida katta bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbirida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ishtirok etib, barcha bolajonlarni ushbu quvonchli kun bilan samimiy tabrikladi. U oʻz tabrigida bolalar kelajagimiz egalari ekani, ularning sogʻlom va baxtli ulgʻayishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotgani xususida soʻz yuritdi.

Taʼkidlanganidek, yurtimizda bolalar manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan islohotlar zamirida yosh avlodning baxtli va sogʻlom ulgʻayishini taʼminlash, ularning har tomonlama kamolotini qoʻllab-quvvatlashdek ezgu maqsadlar yotadi. Hududlarda yangidan barpo etilayotgan maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, zamonaviy sport maydonchalari va kutubxonalar farzandlarimizning barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlari uchun qaratilayotgan eʼtibor namunasidir.

Bayram tadbiri davomida tumandagi samarali faoliyat olib borayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari jamoalariga tashakkurnomalar topshirildi. Bu orqali taʼlim-tarbiya muassasalarining bolalar tarbiyasiga qoʻshayotgan hissasi yuksak eʼtirof etildi.

Shuningdek, bolajonlar uchun rang-barang kontsert dasturlari, sahna koʻrinishlari, musiqiy chiqishlar, sport oʻyinlari va ijodiy tanlovlar tashkil etildi. Tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bir-biridan ajoyib quvnoq raqslar, kuy-qoʻshiqlar ijro qildilar. Tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan kuylangan shoʻx-shodon qoʻshiqlar barchaga yuqori kayfiyat bagʻishladi. Bolalar bayramni katta xursandchilik va quvonch bilan nishonlab, esdalik sovgʻalarga ega boʻlishdi.

Aytish joizki, har yili 1-iyun sanasida dunyo boʻylab Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlanadi. Bu sana – insoniyatning eng nozik, eng musaffo qalblari boʻlgan bolalar haqidagi gʻamxoʻrlik, mehr va eʼtibor bayramidir. Bu kun – farzandlarimizning baxtli bolaligi, porloq kelajagi va himoyasi uchun har birimiz masʼul ekanligimizni yana bir bor eslatadi.

Zero, bolalar – millatning kelajagi, har bir xalqning ertangi kundan umidi va tayanchidir. Ularning sogʻlom, bilimli va baxtli boʻlib voyaga yetishlari har qanday jamiyat uchun eng ustuvor vazifadir. Aynan shu sababli, bu muhim sanada nafaqat bayram tadbirlari, balki bolalarning huquqlari, manfaatlari va tarbiyasiga oid masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi.

1-iyun sanasi 1950-yildan boshlab rasmiy ravishda Xalqaro bayram sifatida nishonlab kelinadi. Bu tashabbus ilk bor Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan ilgari surilib, butun dunyo mamlakatlariga bolalarni har tomonlama asrab-avaylash, ularni jismoniy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, bolalarning huquqlarini himoya qilish choralarini koʻrish tavsiya etilgan. Bugungi kunga kelib, butun dunyo boʻylab, jumladan, yurtimizda ham bayram sifatida keng nishonlanadi.

Ushbu sana farzandlarimizning baxtli bolaligi, porloq kelajagi va himoyasi uchun har birimiz masʼul ekanligimizni yana bir bor eslatadi. Bu kunda butun mamlakatimiz boʻylab bayram tadbirlari, kontsertlar, bolalar uchun turli koʻngilochar dasturlar oʻtkaziladi. Bolalar tabassumi, ularning begʻubor quvonchi esa har qanday insonni mehr va ezgulik sari yetaklaydi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019