Amudaryo tumanida içimlik suvi sifati böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda
Suv — hayot manbai. Aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, mavjud manbalarni aniqlaş, ularning holatini tahlil qiliş va resurslarni oqilona boşqariş bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biridir. Ekologik muvozanatga taʼsir etuvçi salbiy omillar taʼsiri ostida Qoraqalpoğiston Respublikasida toza içimlik suviga bölgan talab ortib bormoqda. Ayniqsa, yer osti suvlaridan samarali foydalaniş masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu maqsadda, Amudaryo tumanida ham Hududiy quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasining içimlik suvidan oqilona foydalaniş va sotişni muvofiqlaştiriş hamda oqova suv xizmatlaridan foydalaniş bölimi mutaxassislari hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatining tuman filiali xodimlari hamkorligida muhim tadbirlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, soha masʼullari iştirokida Böz solma mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan yer osti suv oliş inşootida nazorat va monitoring işlari olib borildi.
Nazorat tadbiri davomida aholiga yetkazilayotgan suvning sifati, suv manbalari holati va ulardan foydalaniş darajasi böyiça aniq maʼlumotlar yiğilib, çuqur tahlil qilindi. Bu esa kelgusida suv taʼminotini yaxşilaş, suv zaxiralarini oqilona boşqariş hamda sohadagi muammolarni öz vaqtida bartaraf etiş imkonini beradi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi ayrim hududlarida içimlik suvi tanqisligi kuzatilayotgani sababli çuçuklaştiriş qurilmalaridan samarali foydalaniş masalasi kun tartibidagi muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Şu bois, mavjud qurilmalardan oqilona foydalaniş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maʼlumotlarga köra, hozirda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” AJ balansida 143 ta çuçuklaştiruvçi inşoot mavjud. Ularning 68 tasi soatiga 1 kub metr, 75 tasi esa soatiga 8 kub metrdan ortiq quvvatga ega. Uşbu inşootlar asosan çekka hududlarda joylaşgan aholi punktlarini toza içimlik suvi bilan taʼminlaşda muhim rol öynamoqda.
Yer osti suvlarini muntazam monitoring qiliş maqsadida joriy qilingan kuzatuv punktlari orqali suv manbalarining ifloslanişi, zaxiralarning kamayişi yoki suv sathining kötarilişi kabi salbiy holatlar haqida tahlillar olib borilmoqda. Bu esa muammolarni öz vaqtida aniqlaş va ularning oldini oliş çoralarini körişda asosiy mezon bölib xizmat qilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktyabrdagi “Ayrim hududlarda yer osti suvlaridan oqilona foydalanişni taʼminlaş böyiça amaliy çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ijrosi doirasida joylarda yer osti suvlari resurslarini samarali boşqariş, mavjud manbalarni muhofaza qiliş va aholi talabini qondirişga yönaltirilgan dasturlar izçil davom etmoqda.
Şuni taʼkidlaş joizki, yer osti suvlaridan oqilona foydalaniş nafaqat mavjud zaxiralarni asrab qoliş, balki aholini barqaror va xavfsiz içimlik suvi bilan taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Yer osti suvlaridan oqilona foydalaniş, çuçuklaştiriş inşootlarining samaradorligini oşiriş va monitoring işlarini kuçaytiriş orqali aholining toza içimlik suviga bölgan talabini töliq qondiriş maqsad qilingan.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶