Davlat xavfsizlik xizmati kubogi sport musobaqalarining tuman bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi
Bugungi kunda mamlakatimizda yoş avlodni har tomonlama soğlom, aqlan va jismonan yetuk etib voyaga yetkaziş masalasi davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Sport va jismoniy tarbiya barkamol avlodni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Sport inson salomatligini mustahkamlaş, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, maqsad sari intiliş, iroda, sabr-toqat va jamoada işlaş könikmalarini rivojlantirişda muhim vosita bölib xizmat qiladi. Aynan sport orqali yoşlar özlarida qatʼiyat, intizom, masʼuliyat va vatanparvarlik tuyğularini şakllantiradi.
Şu sababli ham soha rivojiga alohida eʼtibor qaratilib, Prezidentimiz taşabbusi bilan joylarda zamonaviy sport inşootlari, bolalar sport maktablari, stadion va sport zallari qurilmoqda. Bu esa yoşlar uçun sport bilan muntazam şuğullanişga keng imkoniyat yaratmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi sport musobaqalari ham barkamol avlodni voyaga yetkazişdek xayrli işlarga hissa qöşiş maqsadida taşkil qilingan bölib, ayni kunlarda joylarda mazkur musobaqalarning tuman bosqiçlari yakunlanib, iştirokçilar keyingi bosqiçga tayyorgarlik körmoqdalar. 21-may kuni mazkur musobaqalarning Amudaryo tuman bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş marosimi tantanali tarzda ötkazildi. Tuman Xotira maydonida marosim uçun katta tayyorgarlik körilib, bayram dasturi taşkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov boşçiligidagi rahbarlar, jamoatçilik faollari, sportçi yoşlar hamda aholi vakillari iştirok etdi. Tadbirda musobaqaning tuman bosqiçida ğoliblikni qölga kiritgan mahallalar jamoalari medal, diplom, kubok hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Marosimda tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, yurtimizda yoş avlodni har tomonlama soğlom, maʼnaviy yetuk va vatanparvar qilib tarbiyalaş ustuvor yönalişlaridan ekanligi, bu borada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar qatorida sport musobaqalari, xususan, Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uçun ötkazilayotgan bellaşuvlarning örni va ahamiyati beqiyos ekanligi xususida söz yuritdi. Şuningdek, ğolib yoşlarni muvaffaqiyat bilan tabrikladi va keyingi bosqiçlarda yuqori natijalarni körsatişda ularga yuksak işonç bildirdi.
Musobaqaning tuman bosqiçida mini futbol böyiça öğil bolalar örtasida faxrli 1-örinni Farovon mahallasi jamoasi, 2-örinni Oybek va 3-örinni Xizr eli mahallasi jamoalari egalladi. Qizlar örtasida esa faxrli 1-örin Xolimbeg ovuli, 2-örin Oq oltin va 3-örin Tölqin ovuli jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa doirasida futbol böyiça ötkazilgan bahslar ham murosasiz keçdi. Jamoalar çempionlikni qölga kiritiş uçun bor kuç va imkoniyatlarini işga soldilar. Futbol böyiça bellaşuvlar yakuniy natijalariga köra Tölqin ovuli jamoasi faxrli 1-örinni, Kuyuk köpir ovuli jamoasi 2-örinni va Qangli ovuli jamoasi 3-örinni qölga kiritdi. Ğolib jamoalar keyingi bosqiç – Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi musobaqalariga yöllanma oldi.
Taʼkidlaş joizki, mazkur musobaqalar yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, jismoniy tarbiya va sportga bölgan qiziqişni oşiriş, şuningdek, harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şuningdek, musobaqalar nafaqat sportçilar örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiradi, balki yoşlarda jismoniy tayyorgarlikni oşiriş, intizom, jamoaviylik, iroda va qatʼiyat kabi fazilatlarni kamol toptirişga xizmat qiladi. Ayniqsa, musobaqalarning harbiy-vatanparvarlik ruhida ötişi yoşlar qalbida ona Vatanga sadoqat, fidoyilik va masʼuliyat tuyğularini yanada kuçaytiradi.
Qolaversa, bu musobaqalar orqali yoşlar özlarining sportga bölgan qobiliyatlarini namoyon etiş, öz ustida işlaş va yuqori natijalarga erişiş imkoniyatiga ega bölişadi. Bu esa öz navbatida, soğlom turmuş tarzining jamiyatda ommalaşuviga xizmat qiladi.
Taqdirlaş marosimi doirasida iştirokçilar va mehmonlar uçun tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş etildi. Bölim xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar tadbirga bayramona ruh bağişladi. Kontsertda tumanimizning maşhur estrada xonandalari, isteʼdodli ijodkorlar çiqiş qilib, tomoşabinlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi sport musobaqalari barkamol avlodni şakllantiriş, ularni jismoniy va maʼnaviy jihatdan komil insonlar qilib voyaga yetkaziş yölida muhim vositalardan biri bölib xizmat qilmoqda. Bu kabi taşabbuslar kelajakda yurtimiz dovruğini dunyoga yoyadigan, vatanparvar yoşlar yetişib çiqişiga zamin yaratadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶