Oila mustahkamligi – jamiyat taraqqiyotining poydevori
Yurtimizda soğlom va mustahkam oilalarni şakllantiriş, milliy urf-odat va qadriyatlarni keng tarğib qiliş maqsadida har yili anʼanaviy tarzda “Ibratli oila” körik-tanlovi ötkazilib kelinmoqda. Mazkur tanlov jamiyatda soğlom ijtimoiy muhitni mustahkamlaş, oila institutini rivojlantiriş va namunali oilalarni keng jamoatçilikka namoyiş etiş borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yilda ham uşbu tanlov respublika böyiça barça hududlarda yuqori saviyada taşkil etildi. Tanlovda özining mehr-oqibatli, ahil va örnak bölişga arzigulik hayot tarzi bilan boşqalarga namuna bölayotgan oilalar iştirok etdilar. Baholaş mezonlari sifatida oilaning maʼnaviy-axloqiy muhiti, farzandlar tarbiyasi, ota-onalarning kasbiy faoliyati va jamiyatdagi faolligi kabi jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Amudaryo tumani Madaniyat bölimida 15-may – Xalqaro oila kuniga bağişlab ötkazilgan bayram tadbirida “Yangi Özbekistonning ibratli oilasi” respublika körik tanlovining Qoraqalpoğiston bosqiçi ğoliblari bölgan Amudaryo tumanidagi 11 ta oila vakillari munosib taqdirlandi.
Tadbirda tuman hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov sözga çiqib, yurtimizda oilaning jamiyatdagi örnini oşiriş, oila institutini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, oilalarda özaro hamjihatlik, tinç va osoyişta hayot tarzini şakllantiriş, oila mustahkamligini taʼminlaş borasida olib borilayotgan islohotlar xususida söz yuritdi.
Muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “Oila – muqaddas dargoh, muqaddasligi şundan iboratki, avvalo, qayerda işlasangiz ham, kim bölib işlasangiz ham, agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida eʼtibor bermasangiz, heç qaçon natija bölmaydi. Odam baxtliman deyişga qay darajada haqli? Agar oilang bilan sen baxtli bölsang, baxtliman deyişga haqing bor”.
Bayram tadbirida tuman hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov “Yangi Özbekistonning ibratli oilasi” deya eʼtirof etilgan 11 ta oilalar aʼzolariga “Ibratli oila” kökrak nişoni hamda esdalik sovğalarini tantanali ravişda topşirdi. Tuman Madaniyat bölimining isteʼdodli xonandalari ijrosidagi betakror kuy-qöşiqlar tadbirga yuqori bayramona ruh bağişladi.
Taʼkidlaş kerakki, oila – bu ijtimoiy barqarorlik kafolati. Mustahkam oilalarda ulğaygan farzandlar öz yölini topgan, maqsadli, bilimli va vatanparvar, barkamol avlod bölib voyaga yetadi. Bu esa bevosita jamiyatning ilmiy, iqtisodiy va maʼnaviy rivojiga xizmat qiladi. Aksinça, oilaviy muammolar, ajralişlar va befarzandlik kabi muammolar jamiyatda salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Şu sababli, davlatimiz tomonidan oila institutini mustahkamlaşga, yoş oilalarni qöllab-quvvatlaşga, farzandlar tarbiyasida ota-onalarning rolini oşirişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaşga qaratilgan qonunlar, ijtimoiy dasturlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar – bularning barçasi jamiyat taraqqiyoti uçun xizmat qilmoqda.
Oila mustahkamligi jamiyat barqarorligining, yurt ravnaqi va millat kelajagining asosiy omilidir. Har bir fuqaroning burçi – öz oilasini eʼzozlaş, uni maʼnaviy poklik va mehr-oqibat asosida qurişdir. Zero, mustahkam oila – buyuk jamiyatning asosi demakdir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶