Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi raisi saylandi
Yurtimizda joriy yilda kasaba uyuşmalari tizimida hisobot-saylov konferentsiyalari ötkazilmoqda. Uşbu jarayonlar orqali mehnat jamoalari öz vakillarini erkin va şaffof asosda saylaş, kasaba uyuşmalari faoliyatini tanqidiy baholaş hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab oliş imkoniga ega bölmoqda. 12-may kuni şunday muhim tadbirlardan biri Amudaryo tumanida ham ötkazildi.
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi faoliyatining 2020–2025-yillar davomidagi faoliyati böyiça hisobot-saylov konferentsiyasi bölib ötdi. Unda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi taşkiliy işlar bölimi mudiri, Respublika Kengaşining Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça masʼul taşkilotçisi, Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşi boş hisobçisi hamda kasaba uyuşmalari taşkilotlarining tuman kengaşi raislari iştirok etdilar.
Tadbirda tuman bölinmasi Kengaşining 2020-2025-yillar davomidagi faoliyati yuzasidan Kengaş raisi Uluğbek Abdurahmonov hisobot berdi. Şundan söng taftiş komissiyasining hisoboti tinglanib, tasdiqlandi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, kasaba uyuşmasi — fuqarolarning mehnatga oid va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ifoda etiş hamda himoya qiliş maqsadida tuziladigan ixtiyoriy jamoat birlaşmasi hisoblanadi. Uyuşma öz faoliyatini Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kasaba uyuşmalari töğrisida”gi Qonun, “Jamoat birlaşmalari töğrisida”gi, “Nodavlat notijorat taşkilotlar töğrisida”gi Qonunlar hamda sohaviy ustavlar asosida amalga oşiradi.
2019-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Kasaba uyuşmalari töğrisida”gi Qonunda fuqarolarning uşbu uyuşmalarga erkin birlaşiş huquqi kafolatlangan. Mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan şaxslar, şuningdek, öquv yurtlarida tahsil olayotgan 15 yoşdan katta şaxslar kasaba uyuşmalariga aʼzo böliş yoki ularni tuziş huquqiga egadirlar.
Kasaba uyuşmalari öz faoliyatini qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitişga yöl qöymaslik, mustaqillik, teng huquqlilik, şuningdek, oçiqlik va oşkoralik kabi tamoyillarga tayangan holda amalga oşiradi.
Taşkilot mehnat huquqlarini himoya qiliş, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini taʼminlaş, xavfsiz va soğlom mehnat muhitini şakllantiriş, iş beruvçi va xodim örtasidagi munosabatlarni tartibga solişda faol iştirok etadi. Jumladan, jamoa şartnomalari tuziş, maoş va taʼtil şartlarini belgilaş, mehnat qonunçiligiga amal qilinişi yuzasidan jamoatçilik nazoratini amalga oşirişda muhim rol öynaydi.
Konferentsiya doirasida yaşirin ovoz beriş yöli bilan taşkilotning tuman bölinmasi Kengaşi raisi lavozimiga uşbu lavozimda işlab kelayotgan Uluğbek Abdurahmonov saylandi. Şuningdek, tuman Kengaşi aʼzolari, taftiş komissiyasining yangi tarkibi, taftiş komissiyasi raisi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi konferentsiyasiga delegatlar saylandi.
Konferentsiyadan söng tuman Kengaşining birinçi taşkiliy plenumi bölib ötdi. Unda jamoatçilik asosida rais örinbosari va ijroiya qömita aʼzolari tasdiqlandi.
Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi soha xodimlarining maʼnaviy, huquqiy va ijtimoiy farovonligini taʼminlaşda muhim örin tutadigan jamoat taşkilotidir. Ötkazilgan hisobot-saylov konferentsiyasi ham ana şu yuksak maqsad va vazifalarni yana bir bor eslatib, taşkilotning jamiyat hayotidagi örnini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶