Voyaga yetmaganlar örtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan işlar kuçaytirilmoqda
Yaqinda voyaga yetmaganlar örtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlarning samaradorligini oşiriş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi işçi guruhi Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi.
Taşrif doirasida tuman hokimligi majlislar zalida işçi guruh aʼzolari, tuman prokurori, tumandagi umumtaʼlim maktablari direktorlari, ularning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosarlari hamda tegişli taşkilotlar masʼullari iştirokida tarğibot uçraşuvi taşkil etildi.
Uçraşuvda sözga çiqqan işçi guruh vakillari tomonidan yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş, ota-onalar hamda taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, bolalar tarbiyasida maʼnaviy-axloqiy omillarni kuçaytiriş masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Şuningdek, soha mutaxassislari tomonidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar tahlil qilinib, mavjud ijobiy tajribalar bilan örtoqlaşildi.
Qayd etilganidek, tegişli çora-tadbirlarni tizimli va samarali taşkil etiş maqsadida huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamda masʼul taşkilotlar örtasida hamkorlikka oid qöşma qaror imzolangan.
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va qarovsizlik holatlarining oldini oliş, ularda huquqbuzarlik va jinoyatlarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgan bir qator manzilli işlar amalga oşirilmoqda. Biroq tahlillar şuni körsatmoqdaki, amalga oşirilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning keskin kamayişiga erişilmayapti.
Ayniqsa, jinoyat va huquqbuzarlikka moyilligi bor voyaga yetmaganlar bilan muntazam iş olib boriş, ularni töğri hayot yöliga yönaltiriş, huquqbuzarliklarga olib kelayotgan şart-şaroitlarni bartaraf etiş kabi çoralar yetarliça amalga oşirilmayotgani kuzatilmoqda.
Maʼlumotlarga köra, 2024-yil davomida Qoraqalpoğiston Respublikasida voyaga yetmaganlar tomonidan turli jinoyatlar sodir etilgan. Jinoyat sodir etgan ösmirlarning aksar qismi umumtaʼlim maktablari öquvçilari bölib, qolganlari kasb-hunar taʼlim muassasalarida tahsil oluvçilar, uyuşmagan yoşlar, bandligi taʼminlangan hamda boşqa hududlardan kelgan şaxslardir.
Ösmirlar asosan öğrilik, bezorilik, badanga şikast yetkaziş, firibgarlik, transport vositalarini olib qoçiş kabi jinoyatlarni sodir etgan. Şuningdek, voyaga yetmaganlar iştirokidagi ayrim holatlarda yoşlar örtasidagi tarbiyaviy nazoratning yetarli emasligi ham közga taşlanmoqda.
Jinoyatlarning köp qismi köça va mahallalarda, ayrimlari esa xonadonlar, bozor va kompyuter öyinxonalari, kafe, restoranlar hamda taʼlim muassasalari hududlarida sodir etilgan.
Uşbu holatlar voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlarni belgilaş zarurligini taqozo etmoqda. Bu borada ayniqsa “oila – mahalla – maktab” tizimi doirasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Nukus şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi va barça tumanlardagi Içki işlar bölimlari profilaktika inspektorlari, tuman Içki işlar bölimi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimi Voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor-psixologlari hamda taʼlim muassasalari rahbarlari örtasidagi hamkorlik asosida jinoyat sodir etgan yoki huquqbuzarlikka moyilligi bor voyaga yetmaganlar doimiy röyxatga olinib, ular bilan individual profilaktik işlar olib borilmoqda.
Ayniqsa, tungi vaqtlarda sodir etiladigan öğirlik va boşqa jinoyatlarning oldini oliş maqsadida navbatdagi xizmatlar faoliyati kuçaytirilmoqda, tezkor vaziyatga qarab tungi naryadlar yönalişlari özgartirilmoqda.
Içki işlar organlari va taʼlim muassasalari hamkorligida “Davomat”, “Öquvçi”, “Tiğ” va “Tungi reyd” kabi profilaktik tadbirlar muntazam ötkazilmoqda. Sababsiz dars qoldiruvçi, maktab nazoratidan çetda qolgan öquvçilar aniqlanib, öqişga qaytariş, davomatni yaxşilaş, maktablarga noqonuniy jism va moddalar olib kirilişining oldini oliş yuzasidan taʼsirçan çoralar körilmoqda.
Yiğilişda voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarni kamaytirişga hissa qöşiş nafaqat davlat va jamoat taşkilotlarining, balki har bir fuqaroning burçi ekanligi qayd qilindi.
Oğabek Erkuliyev, tuman prokurorining katta yordamçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶