Ğalla hosilini nobud qilmasdan yiğib oliş – hosildorlik garovi
Mamlakatimizda qişloq xöjaligi tarmoqlarining barqaror rivojlanişi, xususan, ğalla yetiştirişda samaradorlikni oşiriş ustuvor ahamiyatga ega bölib, ğallaçilikni rivojlantirişga, ğalladan yuqori hosil olişga alohida eʼtibor qaratiladi. Ğalla – xalqimizning asosiy rizq-rözi, dehqonning maşaqqatli mehnati evaziga yetiştiriladigan asosiy oziq-ovqat mahsuloti bölib, uni öz vaqtida va yöqotişlarsiz yiğib oliş katta ahamiyat kasb etadi.
Amudaryo tumanida 2025-yilgi ğalla hosilini nest-nobud qilmasdan yiğib oliş masalalariga bağişlangan körgazmali seminar bölib ötdi. Seminarda tuman hokimi Sobir Xöjametov, Özbekiston Respublikasi IIV masʼul xodimi Zafar Marqayev, Agroinspektsiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Arslon Yusupov, boşqarmaning texnika holati bölimi boşliği Azat Aytjanov, tumandagi qişloq xöjalik soha masʼullari va fermerlar iştirok etdilar.
Seminarda sözga çiqqanlar ğallani yiğib olişda ustuvor ahamiyatga ega vazifalar xususida töxtaldilar. Ğalla örim-yiğimi puxta rejalaştirilişi lozimligi, hosil töliq yetilgaç, kombaynlar va texnikalar işga tuşirilişi, örim-yiğimda keçiktirilgan har bir kun hosilning kamayişiga olib kelişi mumkinligi xususida söz yuritildi.
Şuningdek, yengil texnikalar va zamonaviy kombaynlardan foydalaniş orqali ğallaning yerga tökilişini, boşoqlarda qolib ketişining oldini oliş mumkinligi, bunda texnikalarning sozlik holati muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, tumanda joriy yilgi ğalla hosilini nest-nobud qilmasdan yiğib oliş maqsadida 18 ta kombaynlar jalb qilingan bölib, şunda 5 tasi uruğlik ğalla hosilini yiğib olişga safarbar qilingan. Seminar mobaynida tuman IIB bilan hamkorlikda texnikalarning yiğim-terimga tayyorligi, sozlik holati sinovdan ötkazildi hamda sertifikatlar berildi.
Ğalla hosilini nest-nobud qilmasdan yiğib olişda kombaynlarning sozlik holati muhim ahamiyatga ega. Soz bölmagan kombaynlar ğalla hosili bir qismining maydalanişiga, yerga tökilişiga yoki notöğri ajratilişiga olib keladi. Bu esa umumiy hosildorlikka salbiy taʼsir körsatadi. Texnik jihatdan soz kombaynlar qisqa vaqt içida katta maydonni yiğib oliş imkonini beradi. Bu esa vaqtni va mehnat resurslarini tejaydi va yoqilği sarfi kamayadi. Soz bölmagan holatda işlatilgan texnika esa tez buziladi va taʼmirlaş xarajatlari köpayadi.
Taʼkidlaş joizki, ğalla hosilini nobud qilmasdan yiğib oliş – dehqon mehnatini qadrlaş, milliy oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş demakdir. Bu jarayonda har bir mutasaddi, mexanizator, fermer va agronom öz masʼuliyatini çuqur anglab, işga sidqidildan yondaşsa, yurtimiz omborlari töla, dasturxonlarimiz möl-köl böladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶